BILASIZMI?..

 

 

QUYoSh HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Quyosh diametri 1, 392* 10 6 kilometrga teng. Bu Yer diametridan 109 barobar kattaroq deganidir.

2. Quyoshning asosiy qismi boshqa yulduzlar kabi vodorod va geliydan tashkil topgan.

3. Quyoshdagi tortish kuchi yerdagidan 28 barobar kuchliroq. Quyosh va Yer orasidagi masofa 150 million kilometrga teng.

4. Agar boshqa ayrim yulduzlar bilan solishtirilsa, quyosh ancha sovuq sayyora sanaladi.

5. Quyoshdan Yerga tushadigan yorug’lik 8 daqiqa-yu 18 soniyada yetib keladi.

6. Quyoshga maxsus filtrlarga ega bo’lmagan teleskopdan qarab bo’lmaydi. Shunday qilsa, odam o’sha zahoti ko’r bo’lib qoladi.

7. Quyoshning asl rangi oq. Bizga qaynab turgan holati ko’rinadi. Shuning uchun quyosh bizning qarshimizda to’q sariq rangda namoyon bo’ladi.

8. Quyosh vodorod va boshqa moddalardan tashkil topgan shar emas. U ham boshqa sayyoralar kabi yadro, fotosfera, ikkita ichki qatlamga ega.

9. Quyosh yadrosi ichkarisidagi havo harorati 16 milliard Kelvinga teng.

10. Quyosh ham o’z o’qi atrofida aylanadi. Bir marta aylanib o’tish uchun unga 27 kun zarur bo’ladi.

11. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, quyosh 5 milliard yil oldin paydo bo’lgan.

12. Yana 5 milliard yildan so’ng o’zidagi vodorodni tomchisigacha yoqib bo’ladi.

13. Bu yerga tushadigan yorug’lik oshib boradi deganidir. Ko’ribsizki, ikki milliard yil o’tgach, yer yuzida tirik jonning o’zi qolmaydi.

14. Quyosh tizimi Somon yo’lidan 26 ming yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.

15. Quyosh tizimi Galaktika markazini har 250 million yilda bir marta to’liq aylanib chiqadi.

16. 5 million tonna vaznga ega matoni yoqib kulga aylantirish uchun Quyoshga atigi 1 soniya vaqt kerak bo’ladi.

17. Quyosh har soniyada o’zidan gamma-nur ko’rinishida 5 million tonna energiya ajratib chiqaradi. Shuning milliarddan bir qismigina Yergacha yetib keladi.

18. Quyosh chiqqan kunlari yerdagi har bir kvadrat metr maydonga 1 kilovattdan energiya to’g’ri keladi.

19. Yer ostidagi neft uchun ham Quyoshga minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Chunki bu energiya zahirasi juda qadim-qadimda fotosintez yo’li bilan yerga yuborilgan.

20. 1947 yili Quyoshda dog’lar juda ko’pchilikni tashkil etgan. Ularni teleskoplarsiz ham bemalol ko’rish mumkin bo’lgan. Quyoshdagi dog’lar — bu sayyoraning qorong’i hududlaridir. Ular boshqa hududlarga nisbatan ancha sovuq haroratga ega.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…