GILOS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Odatda gilos daraxtining balandligi 10 metrgacha yetadi. Ammo shunday gilos daraxtlari borki, ularning bo’yi 30 metrni tashkil etadi.
2. Olchadan farqli o’laroq, gilos issiq iqlimni sevadigan meva sanaladi.
3. Gilos danagi tarkibida efir moyi mavjud. Undan yangi to’qilgan matolarga ishlov berish va bo’yashda foydalaniladi. Ajablanarlisi, matoni bo’yashda gilosdan foydalanilganda, u qizil emas, balki yashil rang beradi.
4. Gilosni qushlar ham juda sevib iste’mol qiladi.
5. Gilos yer yuzida ilk bor 10 000 yil oldin paydo bo’lgan.
6. Gilos tarkibida shakar, organik kislota, vitamin va minerallar ko’pchilikni tashkil etadi. Ular qon tomirlarni mustahkamlaydi, qon tarkibini yaxshilaydi, organizmni zaharli moddalardan tozalaydi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon bosimini tushiradi.
7. Gilosni xomligicha iste’mol qilish foydaliroq kechadi. Kompot, sharbat tayyorlaganda undagi vitamin va minerallarga putur yetadi.
8. Gilosni bir marta yeyish miqdori 300 grammdan oshmasligi kerak.
9. Qandli diabet bilan og’riganlar, yosh bolalarga gilos yeyish tavsiya etilmaydi. Qandli diabetga uchraganlarning qonidagi shakar miqdori oshsa, yosh bolalar gilos yeganda allergiya paydo bo’lishi mumkin.
10. Gilos tarkibida antioksidantlar ko’p. Ular inson organizmini saraton xastaligi xavfidan asraydi.
11. Gilos danagi zaharli. Shu sababli ularni yeyish tavsiya etilmaydi.
12. Gilos daraxti novdasidan tayyorlangan damlama ichketarni to’xtatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ich qotganda esa gilosning o’zini yegan ma’qul. U surgi dori o’rnini bosadi.
13. Gilos sportchilar orasida tabiiy doping sifatida qadrlanadi. Chunki u tez fursatda qo’shimcha kuch to’plash, organizmning jismoniy zo’riqishlarga bardoshliligini oshirish, sport mashg’ulotlaridan keyin mushaklarda paydo bo’ladigan og’riqni yo’q qilishda asqotadi.
14. Gilos daraxtidagi yelimni tabiiy saqich sifatida chaynasa bo’ladi. U organizmga ziyon yetkazmaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…