Mutaxassislar Troyan’ni 2015 yildan beri bilishadi, ammo u juda yashovchan bo’lib chiqdi va buzg’unchilar tobora uning yangi versiyalarini yaratishda davom etishmoqda. Zararkunanda dastur Android 5.1 versiyasigacha bo’lgan qurilmalarda ishlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, operatsion tizimning bunday eski versiyalaridagi qurilmalar hali ham katta masshtabni, ya’ni qurilmalarning 25% ini tashkil etadi.
Xiny’ning asosiy vazifasi qurilmaga foydalanuvchi ruxsatisiz o’zboshimchalik bilan ishlaydigan ilovalarni o’rnatish bo’lib, bu buzg’unchilarga o’rnatilgani uchun pul to’lanadigan boshqa dasturlar orqali pul ishlash imkoniyatini beradi. Troyan mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minot to’plamlari va hatto rasmiy ilova kataloglari, shu jumladan, Google Play orqali tarqaladi.
Smartfon yoki planshetga tushgan Troyan dasturiy ta’minotga ortiqcha bo’lgan, sezilmas dasturni o’rnatish o’rnatish uchun root’ga kirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, Troyan haddan tashqari ko’zga tashlanib, xalaqit qiladigan reklamalarni ham namoyish eta oladi. Biroq, uning eng yoqimsiz xususiyati bu – himoya qilish tizimidir. Troyan’ni olib tashlash deyarli ilojsiz.
terabayt.uz
loading…