XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

APELSIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Dunyoda keng tarqalgan sitrus bu aynan apelsindir.

2. Apelsin tarkibida inson uchun zarur barcha vitaminlar bor.

3. Apelsin hosildorlik bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Ikkinchi o’rinni esa banan band etgan.

4. Xitoyda bundan to’rt yarim ming yil oldin apelsin yetishtirila boshlangan.

5. Dunyoda apelsinning jami 600 ta navi mavjud.

6. Yer yuzida apelsinning yashil turlari ham yetishtiriladi.

7. Olimlarning fikricha, apelsin insonning yosharishida muhim o’rin tutarkan.

8. Apelsin tarkibida antioksidantlar juda ko’pchilikni tashkil etadi.

9. Shokolad va vanilindan keyin apelsin eng xushbo’y mahsulot sanaladi.

10. «Moro» navi apelsinning eng shirin turi hisoblanadi. Bu navning rangi qon rangida bo’ladi.

11. Bitta apelsin daraxti bir yilda 40 000 donagacha meva beradi.

12. Yamaykada uy bekalari polni apelsin bilan artadi. Chilangarlar esa moyga botgan qo’llarini sovun o’rniga apelsin bilan yuvadi.

13. Dunyo bo’yicha yetishtiriladigan jami apelsinning 85 foizi sharbatga aylantiriladi.

14. Qadimda apelsin sharbati eng kuchli zaharga qarshi vosita sifatida qadrlangan.

15. Apelsin sharbati jig’ildon qaynashini to’xtatishda eng yaxshi vositadir.

16. Apelsin yetishtirish bo’yicha Braziliyaga yetadigani yo’q. Bu mamlakatda yiliga 18 million tonna apelsin yetishtiriladi.

17. Ayrim apelsin daraxtlari 100-150 yil umr ko’radi.

18. Afg’onistonda apelsin ziravor sifatida ovqatga qo’shiladi.

19. Tibbiyotchilarning izlanishlari apelsin saraton xastaligiga qarshi shafqatsizlarcha kurashishini isbotlab bergan. Ayniqsa, bu tabiat in’omi teri, o’pka, ko’krak, oshqozon, yo’g’on ichak saratonining kushandasi sanalarkan.

20. Odessada apelsinga alohida yodgorlik o’rnatilgan.

21. Yevropada 500 yoshli apelsin daraxti bor.

22. 17- asrda Fransiyada apelsindan ayollar kosmetikasi ishlab chiqarishda keng foydalanilgan.

23. Apelsin suvda cho’kmaydi.

24. Apelsin daraxti tanasidan yasalgan tayoqchalar manikyur va pedikyur amallarida ishlatiladi.

25. Yog’li ovqatga apelsin sharbati qo’shilsa, o’sha zahoti ortiqcha yog’ni shimib olarkan.

26. Apelsin va uning gullari muhabbat timsoli hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…