XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TO’TIQUSh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. To’tiqushlarda ritm taraqqiy etgan. Ular o’zi yoqtirgan musiqaga juda chiroyli qilib raqs tusha oladi.

2. Avstraliyada to’tiqushlar uchun maxsus maktab bor. U yerda to’tiqushlarni gapirishga o’rgatishadi.

3. Ko’plab to’tiqushlar spirtli ichimlikni xush ko’radi. Yovvoyi tabiat qo’ynida yashaydiganlari achigan meva va yong’oqlarni yeb o’zi istagan dozada alkogolni ola biladi.

4. Aslida to’tiqushlar gapirishni bilmaydi. O’rgatilgan so’zlarni xotirasida saqlab qoib keyinchalik ularni takrorlaydi xolos.

5. To’tiqushning tovush to’qimalari yo’q. Shuning uchun u tovushni tumshug’i va tili yordamida chiqaradi.

6. Dunyodagi eng mayda to’tilar Papuada — Yangi Gvineyada yashaydi. Ularning tana uzunligi 8-9 santimetrga teng. Eng yirik to’tiqushlar esa Amazon to’tiqushlari hisoblanadi. Ularning hajmi uch yashar bola hajmigacha yetadi. Tana uzunligi bir metrni tashkil etadi.

7. Kakadu to’tisi ovqat izlab bir kecha-kunduzda 700 kilometrgacha yo’l bosishi mumkin.

8. To’tiqushlar asosan o’simliklar, qumursqalar bilan oziqlanadi. Ammo Kea laqabli to’tilar hatto qo’ylarga hujum qilib ularni yemishga aylantira oladi.

9. Qadimiy Rimda to’tiqushning bahosi qul narxidan bir necha barobar yuqori bo’lgan.

10. Bir kuni Amerikada to’ti kvartira o’g’rilarini politsiyachilarga tutib bergan. O’g’rilar kvartiraga kirib bir-birlariga ismini aytgan holda murojaat etgan. To’ti barcha ismlarni yodida saqlab qolgan. Politsiyachilar kirib kelgach, barcha ismlarni aniq-tiniq aytib bergan.

11. Dunyodagi eng aqlli to’tiqushning laqabi «Jako» bo’lib, 400 tadan ziyod so’zni yoddan bilgan.

12. Yirik to’tilar 100 yilgacha umr ko’radi.

13. Qushlar dunyosida faqat to’tilargina panjasida ovqatni tutib tura oladi.

14. Kakadu o’zining 10 santimetrli tumshug’i yordamida har qanday odamni tishlab, jiddiy jarohat yetkaza oladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…