KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Besh yashar bolakay onasidan so’radi:

— Oyi, bolaligingizda kompyuteringiz bo’lganmi?

— Yo’q.

— DVD ingiz-chi?

— Yo’q.

— Qo’l telefoningiz-chi?

— Yo’q.

— Oyi, dinozavrni ko’rganmisiz?

 

* * *

 

Qiz onasi haqida shunday o’ylaydi:

5 yoshda:

— Mening oyim hamma narsani biladi!

15 yoshda:

— Oyim hamma narsaniyam bilavermaydi!

18 yoshda:

— E, oyim nimaniyam bilardi?!.

30 yoshdan so’ng:

— Eh, o’shanda oyimga quloq solsam bo’larkan!

 

* * *

 

Xotin erini axlat tashlab kelish uchun yubordi. Er ko’chaga shippak, uy xalatida chiqib ketdi va ulfatlarini uchratib qoldi. Xullas, ertalabgacha kayf-safo qilishdi. Er ertalab uyga kirib keldi-da, xotiniga dedi:

— Qara, xotin, yaramaslar axlat tashlaydigan idishni shaharning nariga chetiga olib borib tashlashibdi-ya!

 

* * *

 

Erkak ko’chada hammayog’i ko’kargan do’stini uchratib qolib so’radi:

— Nima bo’ldi?

— Kaltak yedim.

— Nima sababdan?

— Aksa urgandim.

— Yo’g’-e! Qaerda aksa urding?

— Birovning uyida, shkaf ichida.

 

* * *

 

Yoshi saksondan oshgan kampir ko’chada bolalar aravachasini ko’rib qoldi-da, aravacha yetaklab ketayotgan juvonga kulimsirab qo’yib, ichkariga ko’z tashladi va dedi:

— Voy, bu egizaklarning ajoyibligini! Ikkalasiyam o’g’ilmi?

— Yo’q, bittasi o’g’il xolos. Ikkinchisi qovun, xolajon, qovun!

 

* * *

 

Shaharlik bolakay yana qishloqda yashovchi buvisinikiga keldi. Buvisi undan so’radi:

— Yana ota-onang janjallashdimi?

— Ha, oyim kurortdan qandaydir tripper degan narsani sovg’aga olib kelgan ekan. Dadamga sovg’a qildi, dadam Toshmat amakiga, u esa boshqa qo’shnisiga sovg’a qilibdi. Endi hammalari bir-birlari bilan urishishyapti. Tushunmadim. Oyim yo sovg’ani kam olib kelgan, yo hammaga baravar tarqatmagan.

 

* * *

 

Operatsiya stolida qaynota yotibdi. Jarroh uning kuyovi. Qaynota kuyovga dedi:

— O’g’lim, operatsiyani boshlashdan oldin bir narsani bilib qo’y, basharti qaynonang beva bo’lib qolsa, albatta sening hovlingga ko’chib o’tadi.

 

* * *

 

Muallima o’quvchidan so’radi:

— Tez javob ber! Beshni sakkizga qo’shsak, necha bo’ladi?

— Yigirma uch.

— Noto’g’ri, o’n uch bo’ladi.

— Axir, o’zingiz tez javob berishimni talab qildingiz, noto’g’ri javob berishimnimas!

 

* * *

 

— Yaxshi qiz, kechirasiz-u, ammo bir narsani aytaman. Siz judayam go’zalsiz!

— Kechirim so’rashingizga sira hojat yo’q. Bunda siz aybdor emassiz.

 

* * *

— Senmi uyqudagi sohibjamol?

— Ha.

— Nega unda juda xunuksan?

— Chunki hozirgina uyqudan uyg’ondim.

 

KUN KULGISI…KUN KULGISI…KUN KULGISI…