Xitoylik olimlar Chang’e-5 asbobi yordamida Oyda to’plangan jinslarda H2O (suv) topilganligini e’lon qilishdi.
So’nggi yillarda koinotni o’zlashtirishda AQSh bilan jiddiy raqobatga kirishgan Xitoy fazodagi tadqiqotlarini jadal sur’atda davom ettirmoqda.
Xitoy fazogirlari 2019 yil 2 yanvar kuni biz Yerdan ko’ra olmaydigan Chang’e-4 kosmik kemasini Oyning narigi tomoniga qo’ndirgandi. Keyinroq esa ular Chang’e-5 vositasini ishga tushirdi va Oy yuzasidan namunalar yig’ishga muvaffaq bo’ldi.
Xitoyning Chang’e-5 razvedka fazo kemasi ikki yil avval Yerga Oydan to’plangan tuproq va tosh namunalarini yuborgan va ilmiy tadqiqotlarini davom ettirayotgan edi.
Xitoylik olimlarning bayonotiga ko’ra, sinovlarda Chang’e-5 tomonidan to’plangan toshlarda suv bo’lishi mumkinligi haqidagi taxminlar tasdiqlangan.
Teleskop va sun’iy yo’ldosh kuzatuvlari uzoq vaqtdan beri olimlarni Oydagi tog’ jinslarida gidroksil yoki N2O ko’rinishida suv borligiga shubha qilishlariga olib kelgandi.
Olimlar Oyga yashashni istayotgan bo’lajak astronavtlar atrof-muhitdan o’zlari uchun suv va sof kislorod ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lishiga umid qilmoqda.