Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan shaharlarni e’lon qildi. 2026 yilda sayyoramizning eng yaxshi terma jamoalari AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o’ynaydi.

Jahon chempionati tarixda ilk bor birdaniga uchta davlatda o’tkaziladi. Turnir o’yinlariga 16 ta shahar mezbonlik qiladi.

AQShda JCh-2026 o’yinlari Atlanta, Boston, Dallas, Xyuston, Kanzas-Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York yoki Nyu-Jersi, Filadelfiya, San-Fransisko va Sietl, Meksikada – Gvadalaxarada, Mexiko va Monterrey, Kanadada esa Toronto va Vankuver shaharlarida bo’lib o’tadi.

Eslatib o’tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 48 ta jamoa o’ynaydigan ilk jahon chempionati bo’ladi.