U 11 yoshli Ren Kiyu bo’lib, oltinchi sinf o’quvchisi bo’lishiga qaramay, ayni paytdagi bo’yi 206 santimetrga yetgan. Qizig’i, maktabda uni tanimaydigan muallimlar sinfdoshlari bilan birga turganini ko’rgach, yuqori sinf o’quvchisi yoki butkul yoshi ulug’ yigit deb o’ylab, maktabdan chiqib ketishni ko’p marotaba so’rashgan. Haqiqatni anglagandan keyin esa hayratdan yoqa ushlashgan.
Kiyu bo’yi uzunligidan maxsus partada o’tirishga majbur bo’lmoqda. Ammo uning orzulari bir dunyo. Kelgusida mashhur basketbolchiga aylanishni, yana bo’ydorlik bo’yicha Ginnes rekordlar kitobi sahifasidan joy olishni istaydi.
Ota-onasininng aytishicha, u bog’chaga chiqqanda bo’yi allaqachon 130 santimetrga yetib ulgurgandi. Keyinchalik bo’yi yanada tezroq o’sa boshladi. Ota-onasi uning salomatligidan xavfsirab qayta-qayta tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. Natija bir xil. Riyu sog’-salomat. Faqat vrachlar bir narsadan qo’rqishmoqda. Agar Kiyuning bo’yi buyog’iga ham o’sishda davom etadigan bo’lsa, salomatligi masalasida jiddiy muammolar yuzaga kelishi tayin ekan. Ota-onasining baribir ko’ngli tinchlandi. Ularning farzandi salomat va bo’yi o’ssa o’saversin. Xudo nasib qilsa, u kelajakda albatta mashhur basketbolchi bo’ladi.