Rohat bag’ishlaydigan ish bilan mashg’ul bo’lish — erkin bo’lish demakdir.
Inson o’zining shaxsiy nuqtai nazariga ega bo’lsagina biror narsaga arziydi.
Mustaqil fikrlashga jur’at qiling.
Erkinlik — bu sizga berilgan narsa emas. Bu sizdan tortib olish mumkin bo’lmagan narsa.
Yaxshi yozadigan mualliflarni o’qib, yaxshi gapirishga odatlanib qolasan.
Atrofdagi olamdan g’azablanishni o’rniga, o’zingda harakat qilishga jasorat topsang oqil ish bo’lardi.
Doim o’zgarmay qoladigan inson — ahmoqdir.
Birovni sirini ochish — xoinlik, o’zinikini ochish — ahmoqlik.
Din ezgulikdan iborat, jirkanch ilohiyotcha safsatalardan emas.
Yomondan ko’ra kech yaxshi.
Inson haqida uning javoblariga qarab emas, ko’proq savollariga qarab xulosa chiqar.
O’zingni o’zgartirish qanchalar mushkul ekanligini o’ylab ko’r va boshqalarni o’zgartirishga bo’lgan imkoniyatlaring qanchalar oz ekanligini tushunib yetasan.
Mehnat insonni uchta asosiy ofatdan halos qiladi: zerikishdan, buzuqlikdan va muhtojlikdan.
Foydalaning, ammo suiiste’mol qilmang — donolik qoidasi mana shunday. Tiyilish ham, ortiqchalik ham baxt keltirmaydi.
Cho’zilib ketgan munozaralar ikki taraf ham nohaqligidan dalolatdir.
Birinchi bor yaxshi kitob o’qiganimizda, biz yangi do’st orttirganimizdagi kabi tuyg’uni his qilamiz. O’qib bo’lingan kitobni qayta mutolaa qilish — eski do’st bilan qayta ko’rishish demakdir.
Men olamning soat mexanizmi Soatchisiz mavjud bo’lishini tasavvur qila olmayman.
Jaholat — insoniyatning eng buyuk xastaligidir.
loading…