ShAFTOLI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Shaftoli tarkibida A, V va S vitaminlari ko’p. Bundan tashqari, shaftoli magniy, fosfor, kalsiy, kaliyga boy. U ovqat hazm qilish tizimi, suyaklar, mushaklar, yurak uchun koni foyda.
2. Botaniklar ta’biri bilan aytganda, shaftoli olxo’rining yaqin qarindoshi hisoblanadi.
3. Shaftoli aslida olxo’ri, bodom, olcha, o’rikni chatishtirish natijasida paydo bo’lgan.
4. Shaftolining vatani Xitoy hisoblanadi.
5. Shaftoli yomon kayfiyat va bezovtalikning kushandasidir. Shuning uchunmi, Vengriyada uni «xotirjamlik mevasi» deb atashadi.
6. Shaftoli terini yoshartirish, yumshatishda ham tengsiz malham vazifasini o’taydi.
7. Amerikaning Jorjiya shtatini shaftoli shtati deb atashadi. Chunki bu shtatda shaftoli bog’larining sanog’i yo’q.
8. Xitoyda shaftoli omad, himoya va uzoq umr ramzi sifatida qadrlanadi.
9. Eng ko’p shaftoli eksport qiladigan davlat Xitoy hisoblanadi. Ikkinchi o’rinni Italiya egallaydi.
10. Shimoliy Amerikada ilk shaftoli bog’i 1565 yili Florida shtati hududida barpo etilgan.
11. Shaftoli danagi ichida sinil kislotasi ko’p. Shuning uchun danak zaharli. Organizmga ko’p miqdorda tushib qolsa odamni o’ldiradi.
12. 4000 yil oldin Qadimiy Xitoyda shaftoli imperator dasturxoniga tortilgan.
13. Olimlarning ayrim izlanishlarida ta’kidlanadiki, shaftoli bosh terisini mustahkamlab, soch to’kilishini kamaytirarkan.
14. Shaftoli tabiiy tinchlantiruvchi doridir. Oshqozonda ovqat hazm qilish faoliyati izdan chiqsa, shaftoli yeb olsangiz, bu muammo tez orada bartaraf etiladi.
15. Qachonlardir basketbol sport turi paydo bo’lganda, korzina vazifasini aynan shaftoli solinadigan korzinalar o’tagan ekan.
16. Bir dona shaftolida 40 kilokaloriya mavjud. Lekin ancha paytgacha odamni to’q tuta oladi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
17. 1982 yildan beri Amerikada avgust oyi milliy shaftoli oyi sifatida e’tirof etiladi.
18. Shaftoli konservalangan holatda ham o’zidagi foydali moddalarni yo’qotmaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…