Velosipedda uchish davomida o’pkalar doimgidan faolroq ishlaydi va kislorod qon orqali hayot uchun muhim bo’lgan a’zolarga yetib boradi.
Pedalni aylantirish vaqtida tomirlar salomatligi yaxshilanadi. Gap shundaki, oyoqlarning aylanma harakat vaqtida tomirlarda qon faol harakatlanadi, shu bilan birga, zo’riqish kuzatilmaydi, bu esa bo’g’inlar salomatligi uchun foydali hisoblanadi.
Ko’rish qobiliyati yaxshilanadi.
Uchish davomida odam yo’lni kuzatishiga to’g’ri keladi. Diqqat yo’lga qaratilishi va nigohning bir predmetdan ikkinchisiga o’tkazilishi ko’z mushaklari uchun mashq bo’ladi va ko’rishning ravshanlashishiga sabab bo’ladi.
Muvozanatni saqlashga urinish vestibulyar apparat uchun ham mashq hisoblanadi. Balans, muvozanat va koordinatsiya yaxshilanishi uchun ham velosipedda sayr qilishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.