«Umra qo'llanmasi» mobil ilovasi ishga tushdi

«Umra qo’llanmasi» mobil ilovasi ishga tushirilgani haqida O’zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portali — Muslim.uz xabar berdi.

Mobil ilovada Umra safari davomida lozim bo’ladigan zarur barcha ma’lumotlar tafsilotlarigacha qisqa, sodda va lo’nda bayon etilgan.

«Umra qo’llanmasi»da «Umra duolari», «Safarga tayyorgarlik» va «Islom tarixiga oid joylar» nomli bo’limlari mavjud.

Ilovada muborak safarda muhim bo’lgan duolar ovozli shaklda batafsil bayon etilgan.

«Umra qo’llanmasi»da Umra ibodatiga oid barcha masalalar keltirilgan: «umra» so’zining ma’nosidan to uning amallari-yu sunnatlarigacha. Shu bilan birga, ziyorat qilish odoblari, muborak shahar va masjidlarning fazilatlari, muborak safar tartib-qoidalari kabi bir qator ruknlarda zarur ma’lumotlar taqdim etilgan.

Mobil ilovani Google Play va App Store orqali yuklab olish mumkin.