Ming yillar davomida turli sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan Turkiyaning Gaziantep, Hatay va Afyonkarahisar shaharlari gastronomiya sohasida Birlashgan Millatlar ta’lim, fan va madaniyat tashkilotining (YuNESKO) Ijodiy Shaharlar Tarmog’iga (Creative Cities Network) kitirilgan.
Bu shaharlarning o’ziga hos mazali lazzatlari bu hududlarning an’analari chuqur ildiz otganini aks ettiradi.
Turkiyaning dong’i ketgan oshxonalari gastronomiya sohasida YuNESKO Ijodiy Shaharlar Tarmog’ida munosib o’rin egallashi ajablanarli emas. Chunki, ushbu tarmoqga kiritilgan uch xil shahar Turkiya oshxonasining barcha hususiyatlarini ifodalay oladi: Gaziantep, Hatay va Afyonkarahisar – ko’p asrlik an’analar asosida yaratilgan ajoyib oshxonaga ega shaharlar hisoblanadi.
Gaziantep: Kabob va paxlavaning vatani
Mesopotamiyaning shimoli-g’arbiy mintaqasida joylashgan Gaziantep tarix davomida boy qishloq xo’jaligi mahsulotlari, iqlimi va unumdor tuproqlari bilan mashhur bo’lgan. Gaziantepga hos 500 ga yaqin taom turlari mavjud bo’lib, shaharning istalgan joyida eng lazzatli oshxonani uchratishingiz mumkin.
Gaziantepdagi kabob, jigar yoki lahmajun tayyorlash restoranlari, baklava, katmer va boshqa shirinlik do’konlari; shaharning qaeriga bormang, mazali taomlarning xushbo’y hidlari sizni maftun etadi.Bu shahardagi taomlarning ta’mi haqiqatan ham betakrordir. Gaziantep halqining oshxonaga qiziqishi boshqacha. Shaharda har yili bahor oylarida bo’lib o’tadigan uch kunlik Xalqaro Gaziantep gastronomiya festivalida (GastroAntep) ko’plab mahalliy va xorijiy mehmonlar, taniqli oshpazlar ishtirok etadi.
Hatay: Oshxonada aks etgan madaniyat
Turkiyaning yana bir afsonaviy oshpazlik markazi hisoblangan Hatayda mahalliy oshxona ming yillar davomida shakllanib kelgan.
2017 yilda gastronomiya sohasida YuNESKO kreativ shaharlar tarmog’iga qo’shilgan Hatayning afsonaviy lazzatlari haqida gapirib o’tishdan oldin shahar qassoblarini ham eslatib o’tish joiz.
Tashrif buyurganingizda tatib ko’rish kerak bo’lgan birinchi taom bu, tepsi (lagan) kabobdir. Tovoqqa yoyilgan holda pishirilgan bu mashhur kabob, Onado’lining boshqa shaharlarida bo’lgani kabi juda lazzatli tayyorlanadi. O’choqda pishirilgach, dasturxoningizga tortiladi.
Afyonkarahisar: eng mazali qaymoq diyori
O’zining qaymog’i, lokumi, go’sht maxsulotlari, kartoshkali noni va boshqa ko’plab jug’rofiy ko’rsatkichli mahsulotlar bilan mashhur Afyonkarahisar oshxonasi YuNESKO gastronomiya sohasidagi Ijodiy Shaharlar Tarmog’iga kiritilgan.
Hozirda dunyoning 36 ta shahar kiritilgan mazkur tarmoqga Afyonkarahisar Turkiyaning Gaziantep va Hataydan keyin ushbu tarmoqqa qo’shilgan Shahar hisoblanadi.
Afyonkarahisarda to’y taomlarining ajralmas qismi bo’lgan Keshkek taomi oddiy usulda yoki qaymoq qo’shib tayyorlanadi.
Bu mintaqa oshxonasining yana bir ko’p asrlik ajralmas qismi – bu tandir pechi bo’lib, unda qo’zichoq go’shti uch soat davomida pishiriladi, bir kun tindiriladi, so’ngra guruch yoki non bilan dasturxonga tortiladi.
Afyonning sut va go’shtlari mashhurligi ortida albatta shaharning boy bioxilma-xilligi turadi. Hududa o’sadigan shifobaxsh o’tlari bilan boqiladigan chorva mollari ham mintaqaning mazali go’sht va sutining sifatini ta’minlaydi.
Afyonkarahisar hokimligi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 2019-yilda mazkur Shahar, YuNESKO ning IjodiyShaharlar Tarmog’iga kiritilgan.