Rassom Endi Uorxolning 1964 yildagi eng mashhur portretlaridan biri XX asrning eng qimmat san’at asariga aylandi. Pop-art durdonasi sanalgan Shot Sage Blue Marilyn — Merilin Monro portreti Christie’s auksionida 195 million dollarga sotildi va bir nechta rekordlarni yangiladi. U 450 million dollarga sotilgan Leonardo da Vinchining «Dunyo qutqaruvchisi» asariga yetakchilikni boy berib, dunyodagi ikkinchi eng qimmat asarga aylandi, deb yozadi People Talk.
Pop-art qiroli Endi Uorxolning Merilin Monro portreti mashhur «Kempbellning sho’rva qutilari» bilan birgalikda eng taniqli asarlar orasidan joy oldi. Suratning sotuvidan tushgan mablag’ Syurixdagi Tomas va Doris Ammannlarning farzandlariga yordam berish uchun xayriya jamg’armasiga o’tkaziladi. Aktrisaning portreti Endi Uorxolning boshqa asarlari singari ipak grafikli texnikadan foydalangan holda yaratilgan. Ilgari Uorxolning eng qimmat kartinasi «Kumush mashina halokati» bo’lib, u Sotheby’s’da 104,5 million dollarga sotilgan.