Butun dunyo taqvimlarida yilning eng romantik kuni sifatida belgilangan 14 fevral – Sevishganlar kuni yaqinlashmoqda. Esda qolarli sayohat tajribalarini tuhfa etuvchi Turkiya, 14 fevral kuni juftliklar uchun o’ziga xos romantik yo’nalishlarni taqdim etadi. Sevishganlar kuni an’analarini yaratish imkoniyatlari orasida madaniyat poytaxti Istanbul, tarix va tabiatning noyob qorishmasi bo’lgan Kapadokiya, Sharqiy Onado’lining yashirin marvaridlari Kars va Izmirning mashhur turistik Shirinje qishlog’i kiradi.
Istanbul: qadimiy shaharning romantik diqqatga sazovor joylari
Istanbul, shubhasiz, dunyodagi eng romantik shaharlardan biri va Sevishganlar kunini unutilmas o’tkazish uchun muhtasham tanlov. Shaharning deyarli har bir burchagida tabiat va tarix bilan uyg’unlashtirgan noyob va diqqatga sazovor joylar mavjud. Istiklal ko’chasi, Galata minorasi va Galata ko’prigi, Per Loti tepaligi va Yerebatan sardoni, Rumeli qal’asi, Chamlija tepaligi, Emirgan bog’i va maftunkor Bosfor bo’g’ozi – bu shaharning she’riy manzaralaridan bahramand bo’lishingiz mumkin bo’lgan joylardan bir nechtasi. Osiyo va Yevropaning uchrashish nuqtasi bo’lgan Istanbul, Mishel yulduzli restoranlar va nozik ta’bga ega bo’lgan mehmonlarga xizmat ko’rsatadigan son-sanoqsiz zamonaviy muassasalari bilan Sevishganlar kuni romantik taomlari uchun eng zo’r muhitni taklif etadi.
Kapadokiya: ertaklar mamlakatida romantik tanaffus
Afsonaviy manzarasi va haqiqiy g’orlari bilan Kapadokiya Sevishganlar kuni bayramining yana bir qiziqarli manzilidir. Bu maftkor «ertaknamo» mamlakat rang-barang havo sharlari va sirli madaniy meroslari bilan romantika uchun unutilmas muhitni taqdim etadi. Sevishganlar kunini erta tongda issiq havo sharida romantik quyosh chiqishi manzarasi bilan boshlashingiz mumkin. Ertalab soat beshlarda Go’reme qishlog’idan havoga ko’tarilgan havo shari parvozlari orqali Kapadokiya geografiyasi – peri mo’rilari, qoya tuzilmalari va boshqa diqqatga sazovor joylarning havodan ko’rinishini taqdim etadi.
Kars: Onado’lining yashirin mo»jizalari
Ayniqsa, qishda hayratlanarli bo’lgan Kars shahri, tarixiy joylar, tabiiy go’zalliklar va mahalliy lazzatlarni o’z ichiga olgan muhitda maxsus kuningizni butunlay o’zgacha shukuhda o’tkazishingizni taklif etadi. Siz Turkiyaning poytaxti Anqaradan boshlanadigan poezdda unutilmas sayohatni Turistik Sharq Ekspressida qorli shaharga sayohat qilishingiz mumkin. Poezd Qirqqal’a, Kayseri, Sivas, Erzinjan va Erzurumdan o’tib, Karsga boradigan yo’lda tabiiy go’zallik va tarixiy temir yo’l manzaralini ochib beradi. Kars shahar markaziga yetib borganingizda, Boltiqbo’yi uslubidagi arxitektura Yevropa tuyg’usini uyg’otadi. YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan Ani qadimiy shahrining abadiy tuzilmalarini o’rganganingizdan so’ng, siz Sarikamishni ziyorat qilishingiz va billur qorda chang’i uchishingiz mumkin. Odatda qishda muzlab qoladigan Childdir ko’lida siz va juftingiz romantik sayrga chiqishingiz, chanalarda sayr qilishingiz, shuningdek, baliqchilarning sazan balig’i tutish uchun muzni yorishini tomosha qilishingiz mumkin.
Shirinje-Efes: Egeyning eng romantik yo’li
Agar siz sevishganlar kuni uchun iliqroq iqlimni ko’proq jozibador deb bilsangiz, Egeyning durdonasi bo’lgan Izmirdagi Shirinje qishlog’i o’zining chuqur tarixi va me’moriy tuzilishi bilan e’tiborni tortadi. Shirinjega romantik sayohatda siz tarixiy uylar bilan qoplangan tor ko’chalarda sayr qilishingiz, shuningdek, qishloqdan atigi 10 kilometr uzoqlikdagi Efes qadimiy shahriga va YuNESKOning Jahon merosi ob’yektiga tashrif buyurishingiz mumkin.