“Roma”ning 27 yoshli hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa bozorida xaridorgir.
A Seriyada unga «Torino» qiziqish bildirmoqda. Turinliklar texnik direktori Davide Vanyati Sky Sports nashriga bergan intervyusida rimliklar hujumchisi uchun birinchi ijara taklifini bildirishganini qayd etdi. Poytaxt klubi sport direktori Tiago Pintu Sportitalia telekanaliga bu faktni tasdiqladi, biroq tomonlar hali biror narsa bo’yicha kelishib olinmagani aytildi.
Shu bilan birga, Tuttosport nashrining ta’kidlashicha, Shomurodov Apennin orollaridan tashqarida ham diqqat bilan kuzatilmoqda – gap Ispaniyaning «Valyadolid»i va Fransiyaning «Lill» klublari haqida ketmoqda. Qolaversa, ular transfer uchun 14 million yevro to’lashga tayyor.
Shu bilan birga, Shomurodovning o’zi, «Torino»ga ko’chib o’tmoqchi va hatto turinliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham muhokama qilgan.
27 yoshli Shomurodov 2021 yilning avgustidan buyon Rim klubida to’p surmoqda. Joriy mavsumda u «Roma» safida barcha musobaqalarda 8ta o’yin o’tkazib, 1ta gol urgan.