To’rt tomoni tabiat bilan o’ralgan, atrof-muhit bilan uyg’un va barqarorlikka yangiyondashuvni taqdim etuvchi Turkiya uzoq vaqtdan beri o’zining so’lim tabiati, boy oshxonasi vatarixni aks ettiruvchi qadimiy shaharlaribilan sayyohlar orasida mashhurdir.
Hozirgi kunda mamlakat tashrif buyuruvchilarga yoz oylari uchun yangi mashg’ulotlarni taklif qilmoqda.
Ochiq havoda piknik qilish ayniqsa, olomondan qochish va tabiat bilan hamnafas bo’lishni istagan sayohatchilar uchun ayni muddaodir. Turkiyada piknik va «glamour» va«kamp» so’zlarining biri kishidan hosil bo’lgan va ochiq havoda dam olish bilan bir qatordamehmonxona hashamatlarini qidirayotganlar orasida mashhur bo’lgan «glamping» maydonlarining xilma-xilligi kattalar ham, bolalar ham ushbu imkoniyatdan zavqlanishlarinita’minlaydi.
Turkiyadagi oltita eng mashhur piknik vaglamping manzillari quyida keltirib o’tamiz:
Kabak ko’rfazi-Fethie, Mug’la
O’rta Yer dengizining markazida joylashganKabak ko’rfazi o’z chodirida yoki glamping maydonida dengiz-qum-quyosh uchligidan bahra olishni xohlaydiganlar uchun ajoyib tanlovdir.
Mug’laning Fethie tumanidagi bu sokinko’rfaz, yam-yashil tabiati va tiniq feruza suvlari bilan sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Kabak ko’rfazi aslida, Turkiyaning uzoq masofali piyoda marshruti bo’lgan Likiya yo’lidagi bekatlardan biri hisoblanadi.
Trekking marshrutlari tashrif buyuruvchilarni qadimiy Likiya qirolligining eng muhim markazlariga, so’ngra Kabak ko’rfaziga olib boradi. U yerda siz, chodir qurib, mavjlanayotgan suvlarda cho’milib rohatlanishingiz mumkin.
Faralya – Fethie, Mug’la
Faralya, Turkiyaning musaffo dengiz qirg’oqlari va jozibali ko’rfazlari bilan mashhur dam olish maskani bo’lib, hashamat va tabiatni birlashtirgan glamping markazlari bilan mashhurdir.
Faralyadagi glamping maydonlarida lyuks darajadagi mehmonxonalardagidan ham ko’proq qulayliklar mavjud bo’lib, ular yog’ochdan yasalgan uychalar va mahalliy taomlarni taqdim etuvchirestoranlarga ega.
Kapalaklar vodiysi-Fethie, Mug’la
Bu hududda yashaydigan 80 dan ortiq kapalakturlaridan nomini olgan Kapalak vodiysi tashrif buyuruvchilarni jannatmonand muhitga yetaklaydi.
Kampga chiquvchilar balandligi 350 metrgachabo’lgan tik qoyalar bilan o’ralgan bu yam-yashil vodiyda chodir qurishlari, sharsharaning jozibador ohanglaridan bahramand bo’lishlarimumkin.
Kapadokiya, Nevshehir
Paleolit davriga oid “Spellbinding Cappadocia” dunyodagi eng hayajonli landshaftlardan biri bo’lib, bu yerda kamplarda ajoyib tarzda dam olish mumkin.
“Pari bajalari” deb nomlanuvhsi maftunkor ustunlar, sirli yer osti shaharlari va mahalliy lazzatlari bilan mashhur bo’lgan bu o’ziga xos mintaqada ko’plab lagerlar joylashgan bo’lib, ularning aksariyati Goreme ochiq osmon ostidagi muzey, Ashiklar vodiysi va Avanos qishlog’i kabi muhim joylarga yaqinligi bilan ham sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.
Kapadokiyada ziyoratchilar o’z chodirlarida peribajalariga qarab uxlashlari va osmonda«suzayotgan» havo sharlari manzarasida uyg’onishlari mumkin.
Edigo’ller milliy bog’i, Bolu
Bolu viloyati hududida joylashgan va yam-yashil Qoradengiz o’rmonlari keng ko’llarni o’rab turgan“Edigo’ller milliy bog’i” yovvoyi tabiat va sokin muhitni izlayotganlar uchun ideal joy.
O’zining yettita ko’li bilan mashhur ushbu tabiat mo»jizalari bog’ida dam oluvchilar ko’l bo’yida chodir qurishlari mumkin.
Ig’neada toshqin o’rmonlari milliy bog’i, Qirklareli
Ig’neada Floodplain Forests Milliy Parki Turkiyadagi eng yirik glamping markazlaridan birini o’z ichiga oladi.
Biologik xilma-xillikka boy mazkur hududda 670 turdagi o’simlik va 194 turdagi qushlar yashaydi. Bu yer shuningdek, tabiatni qulaylikdanmahrum qilmasdan his qilishni xohlaydiganlaruchun turfa qulayliklarni taqdim qiladi.
Parkdagi yog’och uylar kamp quvonchini mehmonxona qulayligi bilan birlashtiradi.