Angliyaning «Vulverxempton» klubi ayni paytda hujumchi borasida muammoga duch kelmoqda.
Boisi, jamoaning asosiy hujumchisi Raul Ximenes jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi. Fabio Silva esa «Anderlext»ga ijaraga berib yuborilgan.
Patrik Katrone, Leo Bonatini va Xvan Xi-Chandan hujumchi sifatida foydalanish mumkin, ammo ular bilan butun mavsumni xotirjam o’tkazib bo’lmaydi.
Shuning uchun jamoa «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqa boshladi. Ammo «Vulverxempton» o’zbekistonlik futbolchi uchun kurashda «Bolonya» bilan raqobatlashishiga to’g’ri keladi.
Izohlarni ko`rish