Xavi Messidan umidvor

«Barselona» «PSJ»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi Fabritsio Romano tvitterda.

Manba bergan xabarga ko’ra, Kataloniya klubi futbolchini 2023 yilning yozida, fransuzlar bilan shartnomasi tugaydigan vaqtda qo’lga kiritishga umid qilmoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes argentinalik futbolchi bilan tez-tez muloqot qiladi va uning qaytishiga umid bog’laydi.
35 yoshli Messi «Barselona» tarbiyalanuvchisi va klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. 2022 yilning yozida u klubdagi moliyaviy muammolar tufayli jamoani tark etgandi.