Moviy sayohat marshrutlari Turkiyaning noyob madaniy merosini hamda ko’zni quvontiradigan yashil va feruza dengizlarini bir paytning o’zida ko’rish imkoniyati taqdim etadi.
Bu esa, tarixiy madaniy merosni tomosha qilishni hamda yamyashil dengizdan suzib dam olishni sevuvchi sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.
Turk Rivierasi: O’rta yer dengizi qalbidagi tabiiy xazina
Turk Rivierasi Antaliya, Kemer, Adrasan, Finike, Kekova, Kash, Kalkan, Fethie va Ekinjik kabi mashhur turizm markazlarini o’z ichiga oladi.
Shubhasiz bu yo’nalish, mamlakatning eng mashhur moviy sayohat yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Turk Rivierasining ilk bekati bo’lgan Antaliya, dunyoning yetakchi dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.
Antaliya dunyoga mashhur plyajlari va ko’ngilochar markazlaridan tashqari, shamol so’rfingi, havo sharida so’rfing, tennis, suvga sho’ng’ish, trekking, toqqa chiqish, velosport va kanyonda yurish kabi sport turlari taqdim etishi bilan ham e’tiborga loyiq. Duden, Kurshunlu va Manavgat sharsharalari esa Antaliyaning eng go’zal va noyob tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Perge, Termessos va Sillyon kabi qadimiy shahar harobalari ko’plab sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan mazkur mintaqaning boy tarixidan so’zlaydi.
Turk Rivierasining yana bir bekati Kemer, 52 kilometrlik dengiz qirg’og’i chizig’idagi ko’p sonli ko’zni qamashtiruvchi qo’ltiqlari bilan ham ajralib turadi va sayohatchilarni so’lim va go’zal tabiat bilan oshno qiladi.
Kemerda shuningdek qadimiy Faselis va Olimpos shaharlarining harobalari ham uchraydi. Faselisda suzayotgan sayohatchilar esa bir paytning o’zida feruza dengiz suvlari, go’zal tabiat va qadimgi davrlarga oid tarixiy obidalarni ko’rib zavqlanadi.
So’g’ut Jumasi, Altinyaka va Dereko’y kabi baland hududlar esa tashrif buyuruvchilarga safari turlarini taklif qiladi.
Shuningdek, Likiya yo’lida trekking, suvga sho’ng’ish, velosiped va kanoeda suzish kabi mashg’ulotlar bilan, Kemerda esa tabiat bilan hamnafas bo’lib vaqt o’tkazish mumkin.
Bundan tashqari, Kemer bandargohi yelkanli kemalarda sayohatga chiqqan sayohatchilarni kutib oladi. Beldibi g’ori va ko’rfazi, Oy nuri sohili va parki, Kirish plyaji, Chamyuva plyaji, Alajasu ko’rfazi, Jennet ko’rfazi, Bo’stonlik ko’rfazi, Tekirova plyaji, Mehmetali Buku ko’rfazi, Beyjik Buku ko’rfazi va Maden ko’rfazi Kemerdagi eng ko’zga ko’ringan ko’rfazlardan hisoblanadi.
Kash Turk Rivierasidagi eng mashhur portlaridan biri bo’lib, Turkiyadagi eng mashhur sho’ng’ish zonalaridan biridir. Bundan tashqari Kash, go’zal tabiati bilan ham haqiqiy tabiat ixlosmanlarini o’ziga chorlaydi.
Turk Rivierasi shuningdek paraplanda uchish, kanyon trekkingi, qirg’oq bo’ylab sayohat qilish, trekking, piyoda sayr qilish, tog’ velosipedi va kanoeda suzish ham imkoniyatlarni taqdim qilishi bilkan ham mahalliy va horijlik sayyohlar orasida mashhur hisoblanadi.