Messi faoliyatidagi 56-xet-trikka erishdi, Ronalduda esa ko'proq

Argentina terma jamoasi Estoniyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazib, 5:0 hisobida g’alaba qozondi. Gollarning barchasi Lionel Messi hisobiga yozildi.

«PSJ» futbolchisi faoliyatidagi xet-trikni rasmiylashtirdi. Bu faoliyat yuritayotgan futbolchilar orasida ikkinchi natija hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha «Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilmoqda – 60ta xet-trik.