Turkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishi

Evropa kulolchilik yo’nalishi, ushbu san’atning rivojlanishi va Yevropa mamlakatlari merosi umumiy madaniy merosga qanday hissa qo’sha olishini ommaga isbotlash maqsadida tatbiq etilgan madaniy yo’nalishlar qatoriga kiritilgan. Barqaror turizmga hissa qo’shishdan tashqari, ushbu qadimiy an’anani hayotga tatbiq etuvchi soha, tashrif buyuruvchilarga merosning moddiy jihatlari (noyob badiiy mahsulotlar va kolleksiyalar, ustaxonalar va muzeylar) hamda, nomoddiy jihatlari (mahalliy bilimlar majmui va sopol buyumlar ishlab chiqarish uchun zarur hunarmandchilik sir-asrorlari) haqida ham ma’lumot beradi.

Iznik

Turkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishi

XV-XVI asrlarda Iznikda (tarixda Nikea nomi bilan mashhur) ishlab chiqarilgan sopol koshinlar Usmonlilar imperiyasining madaniy va san’at boyligining cho’qqisini ko’rsatadi. Ushbu koshinlar bugungi kunda ham ko’plab masjidlar va saroylarning devorlarini bezab turibdi. Iznik koshinlari namunalari Turkiya va butun dunyo muzey kolleksiyalarining qimmatbaho buyumlari orasida.

Turkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishiTurkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishiTurkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishiTurkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishiTurkiyada Yevropa kulolchilik yo'nalishi