Ronaldu g'alaba golidan so'ng sajda qildi

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turi doirasida bo’lib o’tgan «Ash-Shabab»ga qarshi o’yinda jamoasiga g’alaba keltirgan to’pni kiritgach, golni sajda qilish orqali nishonladi.

«An-Nasr» ushbu g’alabadan so’ng o’z ochkolarini 63 taga yetkazdi va mavsum tugashiga 2 tur qolganida peshqadam «Al-Ittihod»dan 3 ochko ortda qolmoqda.