TOP-5: Eng tezkor harbiy samolyotlar reytingi

Amerikaning WeAreTheMighty portali hozirgi kundagi eng tez harakatlanuvchi harbiy havo kemalarining beshtaligini e’lon qilgan. Ulardan ikkitasi AQSh mahsuloti bo’lsa, uchtasi sobiq SSSRda ishlab chiqila boshlagan samolyotlardir.

Bu xaqida “Terabayt.uz”  nashri xabar bermoqda

Ro’yxatning yetakchisi – uchuvchisiz Boeing X-37 havo kemasi bo’lib, AQSh hukumati uning xususiyatlarini qattiq sir tutib keladi. Ma’lum qilinishicha, u hatto tovush tezligidan ham 16 karra tezroq ucha oladi!

 

Ikkinchi o’rinni sobiq sho’ro harbiylari ishlab chiqqan MiG-25 samolyoti band etgan. Uning uchish tezligi soatiga 3916,8 kilometrga yetadi.TOP-5: Eng tezkor harbiy samolyotlar reytingi

Uchinchi pog’onani egallagan AQSh qiruvchi-bombardiri F-15E Strike Eagle ham ancha eski model – uni 1986 yili ishlab chiqishgan. Mazkur samolyot 3060 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

TOP-5: Eng tezkor harbiy samolyotlar reytingi

Reytingdagi to’rtinchi qatordan yana o’sha SSSRning qiruvchi-tutuvchi MiG-31harbiy samolyoti joy olgan. Nisbatan kichikroq balandlikdagi parvozida u 1500 km/soat, yuqori balandlikda esa 3400 km/soatlik tezlikka erisha oladi.

Oxirgi o’rinni esa og’ir qiruvchi – Su-27 samolyoti egallagan. 11 kilometrlik balandlikda uning tezligi 2500 km/soatga yetadi.

unews.uz