NATO Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo’g’onning G’arb dushmanlari bilan qalin aloqalariga ortiq toqat qila olmaydi, deya yozmoqda Daily Telegraph tahlilchisi Kon Koxlin.
Unga ko’ra, «Turkiyani NATOdan haydash vaqti keldi.»
Tahlilchining yozishicha, 16 yillik boshqaruvi davomida janob Erdo’g’on Yevropa istaklariga qarshi o’yin olib borib, o’zining shaxsiy manfaatlari ortidan quvib keldi.
Rossiya va Turkiya o’rtasida superzamonaviy C-400 raketalari savdosi bo’yicha imzolangan $2 milliardlik shartnoma esa rasmiy Anqaraning aslida kim tomonda ekanidan dalolat bermoqda, deya hisoblaydi Kon Koxlin.
Muallif alyansning asosiy a’zolari janob Erdo’g’onning bunday qiliqlariga ortiq toqat qilmasligini ko’rsatib qo’yishi shart va Turkiya NATO tarkibidan chiqarib yuborilishi lozim, deya ta’kidlaydi.
BBC.COM