Turkiyaning Qoradengiz mintaqasida joylashgan eng go’zal shaharlardan biri Trabzonda borish kerak bo’lgan joylar orasida Sumela monastiri alohida o’rin tutadi. Trabzonning Machka tumanida joylashgan Oltindere qishlog’ida tik qoyalar ustiga qurilgan ushbu monastir xalq orasida «Maryam ona cherkovi» nomi bilan mashhur. Oltindere qishlog’idan taxminan 300 metr balandlikda joylashgan Sumela monastiri an’anaviy cherkov qurilish maydonchalari kabi tik qoyalar, o’rmonlar va g’orlarga muvofiq qurilgan. Maryam ona sharafiga qurilgan bu monastir, mintaqadagi “qora” degan ma’noni anglatuvchi “tog’” so’zidan Sumela nomini olgan.
“Sumela” nomi monastir qurilgan yillardagi mahalliy aholi so’zlashgan tilda “qora”, “qora zulmat” ma’nosini anglatuvchi «Qora tog’» so’zidan kelib chiqqanligi hamda ushbu mintaqa nomining o’sha davrda “Oros Melas” ekanligi tushuniladi. Monastirning haqiqiy nomi «Panagia Sou Melas». Usmoniy Turklar imperiyasi yozuvlarida monastir «Su(o)Mela» deb zikr etilgan.
Agar siz Istanbuldan boshlab Sumela monastiriga tashrif buyurishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, Istanbul-Trabzon marshrutida harakatlanadigan “shaxsiy transfer xizmati”dan foydalanishingiz, ya’ni haydovchili mashina ijaraga olishingiz mumkin.
Rivoyatlarga ko’ra, Vizantiya imperatori Feodosiy I (375-395) davrida Afinadan kelgan ikki rohib Barnabas va Sofranios tomonidan asos solingan ushbu monastir VI asrda imperator Yustinian amri bilan monastirni ta’mirlash va kengaytirish uning sarkardalaridan biri Belisarios tomonidan amalga oshirilgan.
Sumela monastiri XIII asrdan boshlab hozirgi ko’rinishda o’z mavjudligini davom ettirib kelmoqda. 1204 yilda tashkil topgan Trabzon Komnenos knyazligidan Aleksios III hukmronligi davrida (1349-1390) monastirning ahamiyati ortgan, ya’ni u bir qator farmonlar chiqarib, daromadlarning oshishini ta’minlangan. Aleksios III ning o’g’li Manuel III va undan keyingi knyazlar davrida ham Sumela ibodatxonasi yangi farmonlar orqali g’aznasini boyitgan.
Sharqiy Qoradengiz sohilida o’rnatilgan turklar hukmronligidan so’ng Usmoniy Turklar sultonlari ko’p monastirlarda bo’lgani kabi Sumelaning ham huquqlarini himoya qilib, ba’zi imtiyozlar berdilar. XVIII asrda Sumela monastirining ko’p qismlari ta’mirlangan, devorlarning bir qismi freskalar bilan bezatilgan. XIX asrda esa katta binolarning qo’shilishi bilan monastir ajoyib ko’rinishga ega bo’lib, o’zining eng boy va yorqin davrini o’tkazgan. Bu davrda o’zining so’nggi ko’rinishini olgan monastir ko’plab chet ellik sayohatchilar tashrif buyuradigan maskanga va ularning maqolalari mavzusiga aylandi. 1916-1918 yillarda Rossiya Trabzonni bosib olgan davrda monastir musodara qilingan, 1923 yildan keyin esa u yerdagilar butunlay evakuatsiya qilingan.
1923 yilda Turkiya Respublikasining tashkil topishi bilan monastir faoliyati yakuniga yetdi. Xuddi shu yili “Lozanna shartnomasi” qoidalariga ko’ra, mintaqaning yunon fuqarolari Yunonistonga yuborilgan, ruhoniylar va rohiblar esa Yunonistonga ko’chib ketgan. Ruhoniylar ketishgach, o’zlari bilan bir qancha qimmatbaho buyumlarni olib ketishgan. Qolgan buyumlar esa keyinchalik kollektorlar tomonidan talon-taroj qilingan. Keyingi yillarda ruhoniylar monastir va uning atrofida ko’tara olmaydigan qimmatbaho buyumlarning bir qismini ko’mib tashlaganliklari ma’lum bo’ldi. 1923-yildan beri Sumela monastirida ko’milgani taxmin qilingan xazina qidirish va qazish ishlari an’ana sifatida davom etib kelmoqda.
Bugungi kunda din turizmi yo’nalishida taniqli go’shaga aylanib ulgurgan Sumela monastirida so’nggi 6 yil davomida ta’mirlash ishlari olib borilgan bo’lib, joriy yilda qaytadan mahalliy va xorijlik sayohat ishtiyoqmandlari uchun o’z eshiklarini ochdi va avgust oyigacha Xristianlar uchun muqaddas hisoblangan bu go’shaga 300 mingga yaqin turist tashrif buyurgan.