TIPRATIKON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Dunyoda tipratikonning 24 ta turi mavjud.

2. Ko’pchilik tipratikonning dumi bo’lmaydi deb o’ylaydi. Ammo unday emas. Tipratikonning dumi bor. Faqat juda kalta.

3. Tipratikonning old va orqa oyoqlarida beshtadan barmog’i bor.

4. Yuqori jag’ida 20 ta, pastki jag’ida 16 ta tishi bo’ladi.

5. Tipratikon voyaga yetgan sari tikonlari soni ortib boradi. Masalan, go’dakligida 3000 ta tikon bo’lsa, voyaga yetgach, ular soni 6000 tagacha yetadi. Tikonlari xuddi odam sochlari tezligida o’sadi.

6. Tipratikonlar yer yuzida bundan 20 million yil oldin paydo bo’lgan.

7. Tipratikonning ko’rish qobiliyati juda past. Shu sababli u quloqlari yordamida tug’ilajak xavfni aniqlaydi.

8. Tipratikon soniyasiga 3 metr tezlikda yuguradi.

9. Tipratikon odatda zaharli ilonlar bilan oziqlanadi. Chunki ilon zahri unga odamchalik kuchli ta’sir ko’rsata olmaydi.

10. Afrika tipratikoni suvda suza olmaydi. Kushandasi bo’lmish tulki aynan shu usul yordamida o’ljasini tutadi. Oldin suvga dumalatadi, ko’ribsizki, tipratikon suvda ochilishga majbur bo’ladi.

11. Tipratikon o’ziga qolsa sut ichmasdi. Ammo ba’zi odamlar uni sut bilan siylashdan tiyila olmaydi. Tipratikon esa ichishga ichadi, biroq oradan qisqa vaqt o’tgach, o’zini yomon his eta boshlaydi.

12. Tipratikon tikonlari asosan keratindan iborat. Tikonlarini bu jonivor har uch yilda bir marta, bosqichma-bosqich yangilaydi.

13. Boshqa jonivorlardan farqli o’laroq tipratikon qishda uxlash uchun o’ziga yer ostidan in kovlamaydi. U daraxtlar ildizlari, ulkan toshlar ostida qishlaydi. Havo harorati +6 darajagacha tushsa, tipratikon xohlaydimi-yo’qmi, organizmi uyquga ketadi.

14. Bolalarini urg’ochi tipratikon katta qiladi. Erkagi bu jarayonda ishtirok etmaydi.

15. Tutqunda tipratikon 9-10 yil umr ko’radi. Yovvoyi tabiat qo’ynida esa ikki hissa kamroq yashaydi.

16. Tipratikonga odamni o’ldira oladigan dozada kalamush dori yoki shu kabi zahar bersangiz ham tipratikon tirik qoladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi