2017 yilning 18 dekabrida esa eng kuchli magnit bo’roni kuzatilishi aytilmoqda.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko’ra, dekabr oyida bir necha marotaba magnit bo’roni kuzatiladi. Agar siz meteosezgir inson bo’lsangiz shuni unutmangki, bu oyda sizni bosh og’rig’i bezovta qilishi mumkin.
Albatta, buni oldini olish maqsadida o’z taraddudingizni ko’rganingiz o’zingiz uchun foydalidir. Meteorologlar ma’lumotiga ko’ra, birinchi magnit bo’roni 4 dekabrda kuzatilgan. Keyingi bo’ron esa, 12-13 dekabr kunlari kuzatilishi kutilyapti. Bunda quyosh nuri shamoli esib inson sog’ligi yomonlashishiga sabab bo’lishi mumkin.
2017 yilning 18 dekabrida esa eng kuchli magnit bo’roni kuzatilishi aytilmoqda. Qisqa muddat kuzatilishiga qaramay, uning salbiy oqibatlari ta’sir maydoni katta bo’lishi mumkin.
Shuning uchun o’zingizni juda yomon sezishingiz va bosh og’rig’idan aziyat chekishingiz mumkin. Mutaxasisilar esa bunday kunlarda yaxshi ovqatlanishni va sog’lom turmush tarziga qa’tiy rioya qilishni maslahat berishmoqda.
Shifokorlarning fikriga ko’ra, magnit bo’roni kuzatilayotgan kunlarda, achchiq va shirin taomlarni imkon qadar iste’mol qilmaslik va alkogol ichimliklardan mutloqo voz kechish kerak.
Bundan tashqari shifokorlar,yoshi keksa va yurak xastaligi bilan og’riyotgan insonlar o’zlarini juda ehtiyot qilishlari kerakligi alohida ta’kidlangan. Chunki, aynan mana shu toifadagilarda nafas olish ancha qiyinlashishi mumkin.
manba: Qalampir.uz