Bu voqea chindan ham tarixda yuz bergan. Piter Stamp yoki Piter Shtumpf nomi bilan mashhur zamindor iblis bilan bitim tuzib, bo’ri odamga aylangan. Piter, asosan, bolalar va ayollarning umriga zomin bo’lgan. Xalq uni “bedburglik bo’ri odam” deb atardi. Uzoq yillar Bedburg aholisi uning zulmidan ozor chekkan.
Bedburg qishlog’ida sirli tarzda ayollaru bolalar g’oyib bo’la boshladi. Ba’zilarning tanalari topilgan, biroq jasadlarning ahvoli shu darajada qo’rqinchli ediki, hatto tanib bo’lmasdi. Katta-katta tishlarning izlarini ko’rib, bu vahshiyning bo’ri ekanligiga hamma amin bo’ldi. O’z xotini va bolasini yo’qotgan erkaklar qurollanib, uni topib, burda-burda qilib tashlash niyatida o’rmonni qadamba-qadam kuzatib yurdilar. Tish-tirnog’igacha qurollangan mergan ovchilar jasur itlari bilan nihoyat bo’ri odamga duch kelishdi. Uni burchakka taqab qo’ydilar. Tuzoqqa tushgan bo’ri emas, balki, yalang’och odam edi. Ustiga-ustak hamma hurmat qilgan badavlat zamindor. Odamlar uni qonun qo’liga topshirishdi. Tergov jarayonida zamindor 12 bola va 8 nafar ayolni o’ldirganini tan oldi. Oy to’lgan kechada u o’z-o’zidan bo’riga aylanar va tunda ovga chiqarkan. Eng dahshatlisi, o’ldirilgan bolalar orasida zamindorning o’z o’g’li ham bo’lgan ekan. Sud Stabbeni o’limga hukm qildi. Hukm ijro etilganidan keyin Stabbening tanasi olovda yondirildi.
(“7 Mo»jiza” xazinasidan)