* * *
Nevropotolog bemorga dori beryapti.
— Mana bu dorini ichasiz! Iching tezroq!.. Vey, yaramas, ichasanmi tezroq-yo’qmi?
* * *
— Oyi, nega hamma qizlar meni maktabda xayolparast deb atashadi?
— Qizim, boraqol, sen bu yerdamas, qo’shni hovlida yashaysan!
* * *
Stomotologiya poliklinikasining ro’yxatga olish bo’limida.
— Kechirasiz, men vrach Toshmatovning qabuliga yozilmoqchi edim.
— Toshmatov yo’q. Bugun qabul qilmaydi.
— Shunaqami?.. Ayting-chi, yana qaysi kunlari qabul qilmaydi?
* * *
— Xo’sh, bemor, nimadan shikoyatingiz bor?
— Sog’lig’imdan.
— Yo’q, sog’liqdan emas, kasallikdan shikoyat qilish kerak.
* * *
Juhudlar Qorbobosi:
— Salom bolalar!.. Kelinglar, sovg’alar sotib olinglar!..
* * *
Birovdan qarz olsanggina odamlarga qanchalar kerakli ekaningni tushunib yetasan. (qarzdorning hasratidan)
* * *
— Yirik pullarini maydalatmoqchi bo’lganlar! Men sizlarni vokzal burchagida kutaman! Salom bilan BOSQINChI!
* * *
Folbin:
— Bilib qo’ying, yaqin orada bir odam yo’lingizga g’ov bo’ladi!
— Siz yaxshisi o’sha odamni ogohlantirib qo’ying! Men «Kamaz» haydayman.
* * *
— Oddiy askar Toshmatov! Hov-v anavi yoqda ishlayotgan sapyorlarni ko’rayapsizmi? Necha kishi ekan?
— O’n uch nafar askar va bir starshina.
— Ie, ular orasida starshina borligini qaerdan bildingiz?
— Bittasi ishlamayapti.
* * *
Tog’dagi sanatoriyalardan birida dam olayotgan kishi do’xtirga shikoyat qildi:
— Bu yerda nafasim bo’g’ilayapti.
— Ie, shunday toza havoda-ya?
— Ha, aynan shunday! Chunki men uyda nimadan nafas olayotganimni ko’rib turardim.
* * *
— Xayolparast, ahmoq va psixoanalitik bir-birlaridan qanday farqlanishadi?
— Xayolparast osmonu falakda ajoyib qasr quradi. Ahmoq o’sha qasrda yashaydi. Psixoanalitik esa shu qasrni ijaraga olishga intiladi.
* * *
— Do’xtir, erim jinni bo’p qolibdi. Qanday davolasa bo’ladi?
— Eringiz soppa-sog’.
— Nega unda kecha uyga chopib kelib: «Katta ko’chada itlar zontik tutib yurishibdi», deb aytdi?
— Ie, esingizda yo’qmi? Kecha jala quydi-ku!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit