Super xabar: To'ylarda raqsga tushish taqiqlandi!

Madridda SOVID-19 tarqalishini to’xtatish uchun yangi sanitariya choralari ko’rilmoqda. Masalan, to’ylarda raqs tushish va o’ndan ziyod mehmonni uyda to’plash taqiqlandi, deb yozadi RIA Novosti.

Madrid jamoat salomatligi bo’yicha maslahatchi Enrike Ruis Eskuderoning so’zlariga ko’ra, cheklovlar masalasi har 15 kunda ko’rib chiqiladi. bordiyu shu muddat ichida ahvol yaxshilansa, taqiqlar yumshatilishi mumkin.

Raqslardan tashqari to’y mehmonlariga spirtli ichimliklar beriladigan barlardan foydalanish va tik turib har qanday turdagi ichimlikni ichish taqiqlandi.

Avvalroq shahar hokimiyati qo’shimcha sanitariya xavfsizligi choralarini kiritgan edi: bog’lar tunda yopiq, ko’ngilochar muassasalar, bar va restoranlar faqat tungi soat birgacha ishlashi belgilangandi.

Manba: zamon.uz

Super xabar: To'ylarda raqsga tushish taqiqlandi!
loading…