So'lak tahlili asosida yurak yetishmovchiligini aniqlaydigan qurilma ixtiro qilindi

Rossiyalik olimlar serbiyalik hamkasblari bilan birgalikda bemorning so’lagini tahlil qilish orqali yurak yetishmovchiligini nisbatan tez aniqlash imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqishdi.

Moskvadagi Milliy tadqiqot universiteti – “METI” va Biotizimlarda axborot texnologiyalarini tadqiq qilish va rivojlantirish instituti (Serbiya) olimlari uglerod atomlarining faqat bir qatlamidan iborat material bo’lgan grafenga asoslangan yuqori sezgir sensorni yaratishdi. Grafen – tahlil qilinadigan eritma (so’lak) NT-proBNP oqsilini o’z ichiga olishi yoki olmasligiga qarab elektr tokini har xil o’tkazadigan o’tkazgich sifatida xizmat qildi, deb xabar beradi ria.ru.

Grafen o’tkazgichda NT-proBNP oqsili mavjudligida elektron konsentratsiya o’zgardi, bu yurak yetishmovchiligi belgisini kuzatish uchun imkon berdi.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko’ra, kelajakda favqulodda vaziyatlar bo’limlarida, odam ahvoli yomonlashishining sabablarini tezda aniqlash zarur bo’lganda mazkur testdan foydalanilishi mumkin.