Gollivudning mashhur aktyori Trevis Fimmel, Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Dr. Batuhan Mumju bilan uchrashdi.
Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Dr. Batuhan Mumju mashhur aktyorga Aya Sofiya muzeyini o’rganish chog’ida hamrohlik qildi va muzey tarixi borasida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi.
Aya Sofiya masjidining tarixiy ahamiyati va arxitekturasi haqida ma’lumot to’plagan Fimmel, muzeyda o’rnatilgan monitor va quloqchinlar yordamida aks ettirilgan tasvirlarni izlar ekan, hayajonlarini yashira olmadi. Tashrif davomida Fimmel Aya Sofiya va uning o’tmishiga hayratini qayta-qayta ifodalab, Turkiyaning boshqa ko’plab mo»jizalarini o’zi uchun kashf qilish istagi bilan bo’lishdi.
Mashhur aktyorga tashrifi davomida hamrohlik qilgan vazir o’rinbosari Batuhan Mumjuning matbuotga bergan xabarida, “2023 yilda Turkiyaga kelgan turistlar soni rekord darajada oshdi. Vazirimiz Mehmet Nuri Ersoyning tashabbuslari bilan ushbu ko’rsatkichlarga erishishida, ayniqsa, 2019 yilda Turkiya Turizmni rivojlantirish va tatbiq etish agentligi (TGA) tashkil etilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Biz 200 ta turli bozorlarda targ’ibot-tashviqot tadbirlarini o’tkazib, mamlakatimizni jahon miqyosida eng faol targ’ib qilinadigan davlatlardan biri sifatida qayd etdik. Onado’lining boy tarixi Turkiyani xalqaro kino sanoati uchun jozibador manzilga aylantirdi. Mamlakatimiz jahonga mashhur yulduzlar orasida ham afzal ko’rilayotganining guvohi bo’lish juda quvonarli. Biz targ’ibot ishlarining aniq natijalarini ko’rib turibmiz”, deya o’z fikrlarini bildirdi.