Dastlab baxor oylarida Poltava yakinidagi qishloqlarning birida Mariya Burova degan qiz izsiz g’oyib boldi. Ota-onasining qidirmagan yeri qolmadi. Baxtga qarshi, qizning na tirigi, na o’ligini topishdi. Oradan xech qancha o’tmay, yoshgina bir qiz xam izsiz goyib boldi. Odamlar oldiniga qizni lo’lilar o’g’irlab qochgan bolsa kerak deya o’ylashdi. Yozga borib yana ikki qiz yoqoldi. Shunda yoqolgan qizlardan birining onasi Natalya degan folbinikiga borib yordam soradi. Folbin kartalarini terib chikdida, bir gapni aytdi:
— kizingni izlab ovora bolma. U allakachon nariga dunyoga ravona bolgan…
Shundan song qishlokda xayot iziga tushgandek boldi. Lekin Rojdestvo bayramidan keyin kishlok pardachisining qizi yoqolib koldi. Odamlar bu vokeadan keyin g’imirlab qolishdi. Shovshuv boshqaa qishloqlargacha xam yetib bordi. Qishlok oqsoqoli shaxarga bordida, raxbarlardan bu muammoning yechimini topishda yordam soradi. Chunki voqea xavotirlanishga arzirli edi. Qisqa vaqt ichida yetti qiz izsiz g’oyib bolgan. Bu kimning ishi ekanini xanuz xech kim bilmasdi.
— Biz boshlaringizga tushgan savdoga sherikmiz, — deyishdi shaxardagi korchalonlar. — Tez kunda qishlogingizga tajribali mutaxassis yetib boradi…
ESKI UY SIRI
Hakikatan, tez orada qishloqqa Nikolay Solovo degan yosh mutaxassis tashrif buyurdi. U bilan birga bir necha politsiya xodimlari xam kelishdi. Qishlok axli Nikolayni korgandayok kol siltab koya kolishgandi. Negaki, u juda yosh, yoqolgan qizlarni topishga qurbi kelmasligi tayin…
Mutaxassis oqsoqol bilan birga kishlokni erinmasdan aylanib chikdi, o’rgandi, kuzatdi. Shunda qishloq chetidagi eski bir uychaga kozi tushib soradi:
— Bu uy kimniki?
— Natalya degan jodugar yashaydi, — javob qildi oqsoqol bosh egib. — Qishloqdagilar o’shaning dastidan uychani xov naridan aylanib otishadi. Aytishlaricha, Natalya yovuz ruxlar bilan muloqot qilarkan…
— Qarang, — dedi Nikolay. — So’qmoqda yangi oyok izlari turibdi. Demak, xozir xam uning oldiga kimlardir qatnaydi shekilli. Yovuz ruhlardan qorqishmasmikan?
— Ye, — qol siltadi oqsoqol. — Ayollar ahmoqda! Erlariga bildirmay kelib fol ochtirishadi…
Nikolay o’ylab turdida, uycha tashqarisidan kuzatuv amalini ado etishga qaror qildi. Bu ishni politsiyachilar amalga oshirishdi. Bir necha kun kuzatishdi. Bir kuni Natalya uychadan chiqib, oziq-ovqat xarid qilish niyatida bozorga jo’nadi. Uning yoqligidan foydalanib, Nikolay uycha ichiga kirdi. Uycha ichini titkilash asnosida sandik ostida chuqurcha bor ekanini aniqladi. Chukur qaytadan tuprok bilan to’ldirilgandi. Politsiyachilar kaytadan chuqurni kovlay boshlashdi. Chamasi yarim metrdan ortikrok chuqur kovlashgach, korsatkich barmog’iga kumush uzuk taqilgan qizning qoli chikib keldi…
YoVUZLAR MAROSIMI QURBONLARI
Shu kuniyoq jodugar folbin Natalya Kravchenko qamoqqa olindi. Chuqurdan esa yetti nafar qizning bo’laklangan murdalarini topishdi. Ularning barchasi Natalyaga fol ochtirish niyatida kelganu, qaytib tashkariga chikmagan. Jodugar tergov jarayonida aybini bo’yniga oldi.
— Men yosh qizlarning qoni yordamida yosharishni istadim, — dedi Natalya. — Yoshi yigirmaga yetib-etmagan qizlar qoni tanam yoshara borishida yordam berishini yovuz ruxlar shipshitishgan…
Afsuski, jodugar yosharishining asl siri, qondan qanday foydalangani va xokazolarni aytishdan bosh tortdi. Uni o’lim jazosiga maxkum etishdi.