Janubiy Koreyada har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan Space out musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa ishtirokchilari dam olish uchun shahar shovqinidan uzoqdagi o’rmonga boradi va eng xotirjam deya topilgan inson taqdirlanadi, deb xabar beradi Esquire.
Mazkur musobaqa 2014 yildan buyon o’tkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar 90 daqiqa davomida shunchaki «dzen»ga erishishi va kundalik tashvishlardan chalg’ishi darkor, ya’ni hech narsa qilmaslik kerak. O’nlab ishtirokchilarni tomoshabinlar va hakamlar kuzatib boradi.
2021 yilda koronavirus sabab musobaqa ishtirokchilari soni 80 kishidan 30 kishiga qadar qisqartirilgan. Birinchi o’rin 34 yoshli sartaroshga nasib etgan. Kumush medalga esa 2019 yilda g’oliblikni qo’lga kiritgan Li Radde ega chiqqan. U Seuldagi ingliz tilida olib boriladigan radioda boshlovchi bo’lib ishlaydi, musobaqada ishtirok etish uchun mototsiklda Chedju oroliga qadar 10 soat yurib kelgan.