O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 1920 yil 4,4 mln kishini, joriy yil 1 yanvar holatida 37,5 mln kishini tashkil etmoqda. Ya’ni 1920 yildan beri O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilar soni 33,1 mln kishiga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Yillar kesimida O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni
- 1920 yil – 4,4 mln kishi;
- 1930 yil – 4,9 mln kishi;
- 1940 yil – 6,6 mln kishi;
- 1950 yil – 6,2 mln kishi;
- 1960 yil – 8,4 mln kishi;
- 1970 yil – 11,8 mln kishi;
- 1980 yil – 15,8 mln kishi;
- 1990 yil – 20,2 mln kishi;
- 2000 yil – 24,5 mln kishi;
- 2010 yil – 28,0 mln kishi;
- 2020 yil – 33,9 mln kishi;
- 2025 yil – 37,5 mln kishi.
Ma’lumot uchun, “World Population Review” statistikasiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyodagi 234 mamlakat orasida 43-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyida O‘zbekiston aholisining doimiy soni 37,5 milliondan oshib, 37 506 617 kishini tashkil etgani xabar qilingan edi. Ulardan 18 843 325 nafari erkaklar va 18 580 779 nafari ayollar. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2030 yilga borib, O‘zbekiston aholisining soni 40 million kishiga yetishi kutilmoqda. Bu esa Markaziy Osiyo aholisining yarmi bo‘ladi. So‘nggi 30 yil ichida O‘zbekiston aholisi 15 million kishiga ortgan, bu esa barqaror demografik dinamikani ko‘rsatadi. O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yilni tashkil etadi.