KUN KULGISI!!!

***

— Dada, diskotekaga borsam maylimi?

— Boraver! Agar oyingni uchratsang, ayt, tez uyga yetib kelsin!

 

***

Yoqilg’i quyish shohobchasida besh yashar bolakay otasidan so’radi:

— Dada, mashina ko’-o’p benzin yeyaversa, avtobus bo’lib qoladimi?

 

***

Bolakay yugurib kelib otasidan so’radi:

— Dada, bugun nima tush ko’rdingiz?

— E, bolam, men ko’rgan tushgacha sen hali juda-a ko’p uxlab turishing kerak.

 

***

Dala hovli. Buvi va nevara choy ichishayapti. Stol ustida murabbo. Murabbo ustini chumolilar bosgan. Nevara chumolilardan birini o’ldirdi.

Buvi:

— Nega unday qilding? Ularning ham joni og’riydi-ku! Uyda bolalari bordir… Tasavvur qil, bolalari kutib o’tirishsa-yu, onasi kelmasa…

Nevara yana bir chumolini ezg’ilab tashladi-da, dedi:

— Unda otasiyam bormay qo’ya qolsin.

 

***

— O’sha erkak o’limidan oldin o’zining barcha boyliklarini bolalar uyiga taqdim etgandi.

— Qanaqangi boyligi bor edi?

— O’n ikki nafar farzandi bor edi.

 

***

To’rt yashar bolakay onasiga dedi:

— Oyi, menga singil sotib olaylik!

— Men roziman. Lekin dadang rozi bo’lmaydi-da!

— Dadam hozir kurortda. Keling, u yo’qligida sotib ola qolaylik.

 

***

Ona qizchasiga qo’rqinchli ertak aytib berar, lekin qizcha sira qo’rqmasdi. Ona undan so’radi:

— Nahotki, sen odamxo’rlardan ham qo’rqmasang-a?

— Nega qo’rqarkanman? Mening ismim odam emas, Zarifa-ku!

 

***

Kashanda o’g’il daraxt orqasida sigaret chekib turardi. Onasi kelayotganini ko’rib darhol sigaretni tashladi va ko’ksiga ura-ura dedi:

— Oyijon, o’lay agar, sigaret chekkanim yo’q! Chin so’zim!

— O’g’lim-ey, mayli, sigaret chek, aroq ich, qizlar bilan uchrash! Faqat aqllirog’ining mahkam etagidan tut! Men ham kelin ko’rsam deyman!.. Endi yosh bolaliging qolgani yo’q. Qirq beshga kirding, axir!

 

***

— Sen meni sevasanmi?

— Ha. Siz-chi?

— Men ham.

— Nega unda kecha Sabinaga sevgi izhor qildingiz?

— Bu yoshlik xatosi edi. Endi tushunib yetdimki, faqat seni chin dildan seva olarkanman. Menga turmushga chiq!

— Men o’ylab ko’rishim kerak. Keling, ertaga xuddi shu vaqtda uchrashamiz!

— Ilojim yo’q. Ertaga bog’chadan chiqiboq oyim bilan sirkka boramiz.

 

***

Bola otasidan so’radi:

— Dada, biologiya nima?

— Nima desam ekan? Oddiyroq qilib tushuntiradigan bo’lsam, masalan, sen menga o’xshaysan-a?

— Ha.

— Mana shu biologiya degani bo’ladi.

— Sotsiologiya nima unda?

— Sotsiologiyami?.. Qo’shning bolasi menga o’xshasa, bu sotsiologiya bo’ladi.

 

***

Bolakay katta bir do’konning yonida onasini yo’qotib qo’yib yig’lay boshlagandi, do’kon qorovuli kelib so’radi:

— Bolam, onaning qo’lidan mahkam ushlab yurish kerak edi.

— Oyimning qo’llarida kattakon sumkalar bor edi. Ushlay olmasdim.

— Unda etagidan tutib yurgin edi.

— Urinib ko’rdim. Lekin oyimning etagi juda yuqorida bo’lgani sabab bo’yim yetmadi.

 

***

Ikki maktabdosh qiz suhbatidan:

— Menga qara, ikkinchi qavatda yashaydigan Soli senga yoqadimi?

— Unchalikmas. Kechsa ikki shisha koka-kola ko’tarib kelib, “Yuzing unaqa, ko’zing bunaqa” deyaverib jonimga tegib ketdi.

 

***

Yoshi ellikdan oshgan ikki tanish istirohat bog’idagi o’rindiqlar yonidan o’tib borishardi. Biri o’rindiqda qartabozlik qilayotgan o’smirlarni ko’rdi-yu, dedi:

— Qara, o’smirlar bemalol qarta o’ynasa-yu, kattalar ularning yonidan indamay o’tib ketaversa!..

— Ha-a… Kecha shu yerdan o’tayotib indashga harakat qilgandim, butun boshli maoshimni yutqazib qo’ydim, oshna!

 

***

Restoranning doimiy mijozlaridan biri o’ziga xizmat qiladigan ofitsiant ayolga har gal choychaqa berib ketardi. Bir kuni qarasa, unga boshqa ofitsiant xizmat ko’rsatayapti. Mijoz so’radi:

— Kechirasiz, doim menga xizmat ko’rsatadigan hamkasbingiz ko’rinmaydi?

— U sizni qartada yutqazib qo’ydi.