1. Sher yuragi uning tana hajmiga nisbatan ancha kichik.
2. Sher mushuksimonlar oilasida hajmi kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’rin yo’lbarslarga tegishli.
3. Yevropada sherlar bir yarim ming yil oldin paydo bo’lgan. Ammo tez fursatda qirib tashlangan.
4. Sherlar juda dangasa va erinchoq jonivor. Ular uxlayotgan bo’lsa, faqat jiddiy xavf tug’ilgan taqdirdagina o’rnidan qo’zg’aladi.
5. Sherlar oilasida ov bilan urg’ochilar shug’ullanadi. Faqat o’lja yirik va xavfli bo’lsagina erkagi yordamga keladi.
6. Nikoh mavsumi ularda bir hafta davom etadi.
7. Erkak sher irillashni ikki yoshga yetgandagina o’rganadi.
8. Yo’lbarslardan farqli o’laroq sherlar asosan tunda ov qiladi.
9. Sher hech qachon yemishni chaynab yemaydi. Tishlaridan dushmanini tilkalab tashlash uchun foydalanadi.
10. Yangi tug’ilgan shervachchalarning vazni bir yarim kilodan iborat bo’ladi.
11. Havo issiq paytlarda sherlar bir kecha-kunduzda 20 soatlab uxlaydi.
12. Sherlar mushuksimonlar oilasidagi yolg’iz yashashni ma’qul ko’ruvchi yagona jonivorlardir.
13. Ikki-uch yosh oralig’ida yosh erkak sherlar to’dadan haydab solinadi. Endi ular o’zlari oila qurib boshqa joylarni makon qilishi lozim.
14. Bir ovqatlanishda erkak sher 30 kilogacha go’sht yutadi.
15. Yovvoyi tabiat qo’ynida sherlar 15 yilga yaqin umr ko’radi. Qafasda esa 30-35 yilgacha yashay oladi.
16. Yoshi ulug’ sherning bosh va bo’yin qismidagi yung uzunligi 50 santimetrgacha yetadi.
17. Urg’ochi sherning vazni erkagi vaznidan ikki barobargacha kam bo’ladi. Urg’ochi o’rtacha 250 kilogramm og’irlikka ega bo’ladi.
18. Sher erkagi hudud talashib boshqa to’da a’zolari bilan to’qnash kelsa, aksar hollarda halok bo’ladi. Urg’ochilar bu savashda ishtirok etmaydi.
19. Sherning tirnoqlari uzunligi 7 santimetrgacha yetishi mumkin.
20. Balog’at yoshiga yetgan shervachchalarni onasi uzoq joylarga olib borib tashlaydi. Nimayam qilsin. Odat, an’ana shunday-da. Vidolashayotganda, urg’ochi, ya’ni, shervachchalarning onasi ko’zlaridan duv-duv yosh to’kkan holda ilkis buriladi-yu, ketib qoladi. Ammo oradan uzoq vaqt o’tib, o’zi dunyoga keltirgan shervachchalar joyni, hokimlikni tortib olish uchun kelganda, urg’ochi o’z bolalarini tanimay qolgan bo’ladi. Hayvon-da. Baribir shu yerda hayvonligiga boradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi