Immanuil Kant nomidagi Boltiqbo’yi federal universiteti mutaxassislari bioneft sintezining yangi texnologiyasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda mir24.tv sayti.
Moddani suv o’tlari va biologik chiqindilardan ajratib olish taklif qilinmoqda va texnologiya tabiiy muhitda sodir bo’ladigan jarayonga asoslangan.
Bioneftni olish uchun yirik suv o’tlari, ko’p miqdorda loy, kanalizatsiya loyi va yog’och chiqindilar talab qilinadi. Keyin massa avtoklav tipidagi reaktorga joylashtiriladi va 260-300 darajada isitiladi, bu esa bosimning 3-6 MPa ga oshishiga olib keladi.
Katta organik molekulalarda qayta ishlash jarayonida bog’lanishlar buziladi, buning natijasida neftga o’xshash moddalar hosil bo’ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, ana shunday jarayonlar Yerning qadimgi okeanlarida sodir bo’lgan va bu tabiiy neft paydo bo’lishiga olib kelgan.
Yangi texnologiya bir qator ekologik muammolarni hal qiladi. Bu organik chiqindilarni yo’q qilishga, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, uglerod sintetik neft tabiiy neftni o’rnini bosishi mumkin.
Tadqiqot mualliflari birinchi marta neft hosil bo’lishida katalizator bo’lgan bir qator og’ir metallar kationlarini ajratib oldi. Bu kashfiyot bioneft sintezi sanoatini yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega, deyiladi xabarda.