Rossiya prezidentining asosiy xobbisi kitob o'qish ekani ma'lum bo'ldi

«Uning asosiy sevimli mashg’uloti — bu mutolaa. U asosan tarixiy adabiyotlar, yodnomalar va boshqalarni o’qiydi», — dedi matbuot kotibi.

Peskovning ta’kidlashicha, prezidentga o’zi uchun tayyorlangan press-dayjestlar taqdim qilinsa ham, uning o’zi gazetalarga obuna bo’ladi va ularni tez-tez ko’rib chiqadi.

Chet tillarda mutolaa qilish haqida berilgan savolga matbuot kotibi Putin «nemis telekanallarini tomosha qiladi, boshqa telekanallarni ingliz tilida ko’radi, shuningdek, haftada bir necha marta ingliz tilini o’rganish bilan alohida shug’ullanadi», deb javob berdi.

Avvalroq Peskov Putin har kuni sport bilan shug’ullanishini aytgan edi. Unga ko’ra, prezident doimiy ravishda sambo, shuningdek, suzish va xokkey bilan shug’ullanadi.

Shuningdek, Putin tabiat qo’ynida dam olishni yaxshi ko’rishi ham ma’lum. Masalan, 2017 yil yozida Rossiya rahbari Tuvada ta’til o’tkazib, baliq ovlagan. 2019 yil oktyabr oyida Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu Sibir o’rmoniga tashrif buyurgan va qo’ziqorin tergan, 2021 yilning mart oyida ham vazir va prezident birgalikda dam olish kunlarini o’rmonda o’tkazdi.