QOG'OZ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

 

1. Qog’oz Xitoyda ixtiro qilingan. Xitoyliklar oldin o’z bitiklarini bambuk tanasiga bitishgan. Ammo bu arxiv ko’p joy egallardi. 105- yili dehqonchilik va yerga egalik qilish vaziri Say Lun daraxt tanasining maydalangan kukuni va mato aralashmasidan qog’oz ishlab chiqarishni taklif qilgan.

2. Xitoyliklar uzoq yillar qog’oz ishlab chiqarish sirlarini dunyo ahlidan sir tutishgan. Ammo VIII asrda arablar Xitoy bilan yuzaga kelgan urush jarayonida bir necha askarni asirga olishdi. Ular ayni qog’oz ishlab chiqarish sanoatida ishlarkan. Shunday qilib asirdagilar yordamida Iroqning Bag’dod shahrida ham qog’oz ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

3. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, kuniga qog’oz ishlatish bo’yicha amerikaliklar dunyoda birinchi o’rinni egallarkan. Har bir amerikalik kuniga 1 kilogrammdan qog’oz ishlatadi. Agar bir yillik sarfni hisoblasak, har bir amerikalik yiliga 300 kilogrammdan qog’oz yo’qotadi.

4. Azaldan aytilganki, oddiy ofis qog’ozini yetti qavatdan ortiq taxlab bo’lmaydi. Lekin 2001 yili kaliforniyalik o’quvchi qiz ushbu haqiqatni yo’qqa chiqardi. U oddiy ofis qog’ozini jami 12 qavat qilib taxlay oldi.

5. Dunyo olimlari iqlimning ommaviy isishida qog’ozni aybdor qilishmoqda. Negaki, qog’oz ishlab chiqarishda havoga taraladigan zaharli gaz miqdori maksimum darajada ekan.

6. Qog’oz chiqindisi dunyo bo’yicha yig’iladigan axlatning to’rtdan ikki qismini tashkil etadi.

7. Yettinchi asrga qadar qog’ozga bitilgan matnlarni o’qish odamning ko’zlari uchun juda xavfli hisoblangan. Chunki qog’oz kul rangida bo’lgan. Faqat xlor paydo bo’lgandan keyingina qog’ozga oppoq rang bera boshlashdi.

8. XIX asr oxiri, XX asr boshida Moskva shahrida yashovchilar «Moskovskiy listok» gazetasiga ashaddiy muxlislik qilishgan. Ushbu gazetani jurnalist Nikolay Pastuxov chop etardi. Lekin odamlar gazetani yangiliklar yoki qiziqarli ma’lumotlar uchun sotib olishmagan. Gazeta eng arzon qog’ozda chop etilgani sababli tamaki o’rab chekish uchun juda qulay edi.

9. Qog’ozni ham ovqat o’rnida yesa bo’ladi. Qog’ozning 85 foizi murakkab uglevod hisoblanmish sellyulozadan tashkil topgan. Faqat inson oshqozonida qog’ozni hazm qila oluvchi fermentlar yo’qligi sababli biz qog’oz bilan oziqlana olmaymiz.

10. Hojatxona qog’ozi ham XIV asrda Xitoyda ishlab chiqarila boshlangan. 1393 yili yozib qoldirilgan tarixiy ma’lumotga qaraganda, o’sha yili Xitoy imperatori hamda unga tegishli saroy ahli uchun jami 720 000 varaq hojatxona qog’ozi tayyorlangan. O’sha paytlarda qog’oz narxi juda qimmat bo’lgani sababli, undan hojatxonada foydalanish hashamat hisoblangan.

Olimjon HAYIT tayyorladi