Hozirgi kunda AQShda anomal sovuq havo kuzatilmoqda. Bu harorat insonlarning normal hayot kechirishlariga to’sqinlik qilmoqda. Biroq odamlar shu noqulaylikdan ham biror kulguli voqea chiqarishga urinishayotir.

Ijtimoiy tarmoqlarda o’z videosini joylashtirgan ushbu qiz ham qandaydir usul yordamida sochlarini tik turgan holda muzlashga majbur eta olgan va bu juda kulguli chiqdi. Natija ham o’zini ko’p kuttirmadi.

Rolik internet-yuzerlar orqali namoyish etilgach, 2 million nafar tomoshabinga ega bo’lgan. Bir qancha layk ham yiqqan.