Ayol jazolanishdan qo’rqib qochayotgan qizini shippagi bilan poylab, qoq boshiga tekkizdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hozir mazkur video juda ommalashgan.

Videoda bir o’smir qiz onasidan qochib ketayotgani tasvirlangan. Onasi unga yeta olmagach, yo’l yoqasida to’xtab, oyog’idagi shippagini yechgan va qiziga qarab uloqtirgan.

Bu uloqtirish shu darajada kuchli bo’ldiki, shippak to’g’ri qizga yetib borib, uning boshiga tekkan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga bu hodisa juda yoqib qoldi. Ular ayolni haqiqiy snayperlik qobiliyatiga ega ekan, deb hisoblashmoqda. Hozirda rolik 1,32 million muxlis, 88 ming layk yig’ishga muvaffaq bo’ldi.