«Qizaloq va maymoq» dunyo bo’yicha eng ko’p tomosha qilingan multfilm bo’ldi.
Rossiya mulseriallari mamlakatda mashhurlikka erishib, endi G’arb bozorini ham to’liq zabt etmoqda. Ularning ba’zilari jamoatchilik tomonidan shunchalik yaxshi kutib olindiki, Amerikaning mashhur multfilmlari, masalan, «Posbon kuchukchalar» va «Sezam ko’chasi» mulseriallarini reytinglardan siqib chiqarmoqda.
«Qizaloq va maymoq» multfilmi nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda juda mashhur bo’ldi. 2020-yilda u maktabgacha yoshdagi bolalar orasida animatsion ko’rsatuvlarning kuchli reytingiga kirdi. Bu yil esa qizcha va ayiq haqidagi hikoyalar reytinglardan birining eng yuqori pog’onasini egalladi. Parrot Analytics xalqaro tadqiqot agentligi xulosasiga ko’ra, mazkur multfilm dunyodagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun eng mashhur dasturga aylandi — so’nggi 60 kun ichida mulserialga qiziqish 35 barobarga oshgan!
«Qizaloq va maymoq» mulseriali «Cho’chqacha Peppa» kabi mashhur loyihalarni ham ortda qoldirdi.