Hopper HQ kompaniyasi Instagram’da reklama qilish orqali eng ko’p pul topadigan yulduzlar ro’yxatini tuzib chiqdi.
2021 yilda reytingga futbolchi Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilgan. Uning ijtimoiy tarmoqdagi bitta posti 1,6 million dollarni tashkil etadi. Ma’lumki, u so’nggi bir necha yildan buyon ushbu ro’yxatning dastlabki uchtaligidan o’rin olib kelmoqda. Instagram’da Ronalduning obunachilari soni 295 millionni tashkil etadi.
Instagram’dagi eng boy yulduzlar ro’yxati:
Krishtianu Ronaldu (242 million obunachi) — 1,6 million dollar;
Dueyn Jonson (240 million obunachi) — 1,5 million dollar;
Ariana Grande (240 million obunachi) — 1,5 million dollar;
Kayli Jenner (237 million obunachi) — 1,4 million dollar;
Selena Gomes (233 million obunachi) — 1,4 million dollar;
Kim Kardashyan (225 million obunachi) — 1,4 million dollar;
Lionel Messi (215 million obunachi) — 1,1 million dollar;
Beyonse (182 million obunachi) — 1,1 million dollar;
Jastin Biber (176 million obunachi) — 1,1 million dollar;
Kendall Jenner (167 million obunachi) — 1 million dollar.