Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Yer yuzida shunday joylar borki, ularning qanday paydo bo’lgani olimlarni ham, sayyohlarni ham hayratda qoldiradi. Arxeologlarga jumboq bo’lib tuyulgan sirli inshootlarni ixtiro qilish qobiliyati ajdodlarimizga ona tabiat tomonidan berilgan bo’lsa kerak.

AdMe nashri sayyoramizning sirli binolar haqida ma’lumot to’plab, e’tiboringizga havola etadi.

Al-Naslaa toshi, Saudiya Arabistoni

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Saudiya Arabistonidagi bu toshning qanday paydo bo’lgani va sirli shakllanishi hatto eng tajribali sayohatchilarni ham hayratda qoldiradi. Mazkur xarsangtosh yerga deyarli tegmaydi, shuningdek, uning markazidan tekis yoriq borki, xuddi lazer yordamida kesilganga o’xshaydi. Bu qanday sodir bo’lganini esa hech kim bilmaydi.

Ko’zalar vodiysi, Laos

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Devqomatlar yemakxonasi, qabriston yoki qadimiy me’morning hazilimi? Shu paytgacha Laos tog’laridan birining atrofidagi ulkan ko’zalarning nima ekanini hech kim bilmaydi. Afsonalarga ko’ra, bir vaqtlar bu hududda haqiqiy bahaybat odamlar yashagan va bu idishlar haqiqatan ham ularga tegishli bo’lgan. Biroq tarixchilar bu versiyaga umuman ishonmaydi. Ularning fikricha, tosh ko’zalar zamonaviy laosliklar tomonidan ajdodlari dafn qilingan joy sifatida ishlatilgan.

Teotiuakan, Meksika

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Teotiuakan yoki «xudolar shahri» Meksikaning zamonaviy poytaxti — Mexiko shahriga juda yaqin joylashgan. Hozirda bu shaharga faqat sayyohlar tashrif buyurishadi, lekin bir paytlar Teotiuakanda 100 mingdan ortiq aholi yashagan. VII asrda gullab-yashnagan shahar to’satdan tashlab ketilgan: aholi shunchaki shaharni tark etgan. Ilm-fan xulosasiga ko’ra, hudud qurg’oqchilikka, aholi esa ochlikka duch kelgan.

«Parilar uyi»

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Italiya o’zining me’moriy yodgorliklarining xilma-xilligi bilan mashhur: ulug’vor Kolizey yoki mashhur Piza minorasi bunga misol bo’la oladi. Biroq Italiya tuprog’ida sayyohlarga unchalik ma’lum bo’lmagan, lekin qiziqarli joylar ham bor. Bu joylardan biri — Sardiniyadagi sirli «Parilar uyi» (Domus de Janas), g’orning hajmi odamlarga qaraganda parilarga ko’proq mos keladi. Bugungi kunda toshdan yasalgan ushbu uychalar taxminan 6 ming yillik tarixga ega va qadimgi Osieri tamadduniga tegishli deb ishoniladi.

Tosh maqbaralar, Rossiya

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Sochi tog’larida joylashgan mashhur Volkon tosh maqbaralari bir necha ming yillikka ega. Qadimgi maqbaralar hali ham olimlar va fandan uzoq odamlar o’rtasida munozarali mavzudir: ba’zilar uning diniy maqsadda qurilganiga amin bo’lishsa, boshqalar maqbaralarning sirli xususiyatlariga ishonishadi. Biroq bu toshlarning asosiy siri shundaki, qadimgi odamlar ulkan tosh qoyaning ichidagi keng xonani qanday qilib o’yishgan?

Ellora, Hindiston

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Sayyoradagi eng sirli inshootlardan biri Ellora g’orlaridan Kailash ibodatxonasi — bu ham monolit toshdan yasalgan sayyoradagi eng katta binolardan biridir. Hozirda arxeologlar qadimgi hindular bunday noyob inshootni qanday qilib qo’l mehnati bilan yasashgani haqida faqat bosh qotirishmoqda.

Bakha ibodatxonasi, Baalbek

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Baalbekdagi Bakha ibodatxonasi — milodiy birinchi ming yillikning boshlarida qurilgan sirli inshoot. Butxonaning o’lchamlari shunchalik kattaki, Afinadagi mashhur Parfenon uning fonida mitti bino kabi ko’rinadi. Binoning bunday ulkan ko’lami qadimgi gigantlar, yo’qolgan sivilizatsiyalar va hatto musofirlar qurilishida ishtirok etish haqida ko’plab ertaklarni keltirib chiqara olmas edi, ammo rasmiy nazariyaga ko’ra, Bakha ibodatxonasi Rim imperatori Entoni Pius buyrug’iga ko’ra qurilgan.

Masuda no Ivafune, Yaponiya

Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli ob'yekt (foto)

Yaponiyaning Asuka viloyatining turli joylarida g’ayrioddiy o’yilgan toshlar bor, ularning eng kattasining uzunligi 11 metrga teng. Sirli tosh qadimiy yaponlar tomonidan noma’lum maqsadlarda yasalgan to’rtburchaklar teshiklari bilan mashhur. Bir versiyaga ko’ra, Masuda-no-Ivafunaning toshlari eng qadimiy qurbongohlar namunasidir.

adme.ru