Mixail Labkovskiy ko’pchilik onalar yo’l qo’yadigan hatolarni aytib berdi.
— Shaxsiy namunaning yo’qligi.
Qizingizga «Ovqat pishirishni o’rganishing kerak»ning o’rniga «Kel, birga mazali sho’rva tayyorlaymiz», deng. Va shunday qiling! Qachon qiz bola onasiga nimadir quvonch olib kelayotganini ko’rsa, u ham shuni o’rganishni xohlaydi.
— Ko’p qayg’urib yuborish.
Agar yoshligida ona bolasi haqida ko’p qayg’urib yuborsa, qiz bola atrofdagilar uning ustidan hukmronlik qilishiga yo’l ochib beradigan bo’lib qoladi.
— Otaning salbiy ko’rinishi.
Agar qiz bolaga uning otasi yomonligi haqida gapiraverilsa, o’zini aynan shu odam uning otasi bo’lgani uchun aybdor his qilishi mumkin. Bu hisni ayol umri davomida yenga olmasligi, bunday qarindoshi yo’qligini odamlarga isbotlashni istashi mumkin.
— Kuch ishlatish.
Tanaga beriladigan jazolar qizlarni o’g’il bolalardan ham ko’proq yerga urishi mumkin. Agar qizni urishsa, u qurbon bo’ladigan odam qiyofasiga moyil bo’lib o’sib, o’ziga juft sifatida tajovuzkorlarni tanlashi mumkin.
— Yetarlicha baho bermaslik.
Agar qiz bolaning qilgan ishlariga yetarlicha baho berilmasa, u o’ziga nisbatan past nazar bilan ulg’ayishi mumkin.
— Bola bor paytdagi urishlar.
Bolaning oldidagi urishlar – uning ruhiyatiga zarba. Bola ko’pincha oilada bo’layotgan ishlar uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olishini unutmaslik kerak.
— Kam suhbatlashish.
Agar qiz bilan kam suhbatlashilsa, “ahmoqona“ savollariga javob berilmasa, ayniqsa, o’smirlik davrida — ota-onasi bilan aloqasi uzilib, o’zini tashlandiqdek sezishi mumkin. Suhbatlashish — bola tarbiyasida muhim rol o’ynaydi.
— Hayotga noto’g’ri yo’naltirish.
Qiz bolaning miyasiga: erga tegish, bolali bo’lish, ma’lum bir ish va hokazoga ega bo’lish kerakligini uqtirmang. Unga hayotda nimaga yo’nalishni o’zi bilib olishi uchun imkon bering. Shunda u o’ziga ishongan va baxtli ayol bo’ladi!
loading…