Meksikaning yangi Prezidenti Andres Manuel Lopes saylovoldi kampaniyasida bergan va’dasining ustidan chiqib, xizmat samolyoti “Boeing 787 Dreamliner“ni sotuvga qo’ydi.
Mamlakat moliya vaziri va “Banobras” taraqqiyot banki direktori Xorxe Mendosning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, hozirda ushbu samolyot Kaliforniyada o’z xaridorini kutmoqda.
Avvalroq Lopes Obrador qiymati 200 million dollarga teng “Boeing 787 Dreamliner“ keraksiz hashamat ekanligi, ushbu samolyot AQSh prezidentining butun jahonni aylanib uchishga qodir “Air Force One”sidan ham bir muncha qimmat ekanini aytib o’tgan edi.
“Vesti.ru”ning qayd etishicha, Meksikaning “birinchi raqamli borti” qanchaga baholanayotgani hozircha ma’lum emas. Mamlakat moliya vazirining so’zlariga ko’ra, “Boeing 787 Dreamliner“dan tashqari hukumat tomonidan yana 60 samolyot va 70 vertolyot sotuvga qo’yiladi