U Vindi Tomas ismli xo’ppasemiz ayol. 44 yoshli bu ayol nikohsiz eri, atigi 57 kilogramm vaznga ega Kino Batler bilan janjallashib qoldi-yu, avvaliga uni kursining singan oyog’i bilan savaladi. Keyin yig’ma pichoq bilan qo’llarini kesib tashladi. Bu ham kamlik qilgan ekanmi, erkakning yuz qismiga qorni bilan yotgancha sukutga toldi. Sho’rlik erkak xo’ppasemiz xotinchasining ostida bo’g’ilib o’ldi.
Tomasning advokati Mark del Dukaning ta’kidlashicha, himoyasidagi ayol spirtli ichimlikni me’yoridan ko’p ichib qo’yish oqibatida erining yuz qismiga qorni bilan yiqilgan-u uxlab qolgan. Uyg’ongach, eri o’lganidan xabar topgan. Lekin prokuror advokatning bu dalillariga qarshi yanada ishonchliroq dalillarni keltira oldi. Uning aytishicha, marhumning bosh qismida ko’plab jarohatlar bo’lgan. Ularni, shubhasiz, xo’ppasemiz ayol yetkazgan.
Sudya Tomas uchinchi darajali qotillik jinoyati sodir etganligini e’lon qildi. Endi bu ayol 18 dan 36 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hal qiluvchi hukm dekabr oyi oxirida e’lon qilinadi.
lenta. ru